1-mavzu: yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti


Download 38.07 Kb.
bet11/11
Sana07.01.2023
Hajmi38.07 Kb.
#1081873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Yordamchi tarix fanlari fanidan

Oy-Quyosh kalendari. Dehqonchilik xo‘jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig‘ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining o‘zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham Oy-Quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Hozirgi kunga kelib Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan.


Tayanch tushunchalar:
xronologiya - yunoncha so‘z bo‘lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya’ni vaqtni o‘rganish haqidagi fandir
birinchi xronologiya haqidagi ma’lumotnomalar to‘plami - XIX asrning 1-yarmida P.V.Xavskiy “Xronologiya jadvali”ni tuzgan.
abag‘amno - misrliklar qo‘shimcha besh kunni kichik oy deb ataganlar
anqnaqt - misrliklar kabisali yilni alomat deb ataganlar.
musriy - misrliklar so‘nggi oyining oxiriga qo‘shgan qo‘shimcha kunni shunday ataganlar.
Shom - Suriya
kalendar - lotincha “kalendarium” so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma’nosini anglatadi.
oy - o‘lchov birligi, hafta vaqt birligi
Oy kalendarlari – ko‘chmanchi, chorvador xalqlarda paydo bo‘lgan
Oy - Quyosh kalendarlari - o‘troq (dehqonchilik) xalqlar kalendari
vaqt o‘lchov birliklari - soat, minut, sekundlar
Oy fazalari - Oyning yer atrofidagi harakatlanishi davrida Quyoshga nisbatan egallaydigan vaziyatlari.
tropik yil - Quyosh o‘zining ko‘rinma harakati bo‘yicha bahorgi teng kunlik nuqtasidan o‘tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi.
laugarsday” - qadimgi Skandinaviya xalqlarida shanba – “hammom kuni” degan ma’noni bildirgan.


Savol va topshiriqlar.

  1. Vaqt sanasi birligi tushunchasi (kun, oy, hafta) haqida ma’lumot bering.

  2. Yil hisobi tropik yil haqida ma’lumot bering.

  3. Oy fazalari haqida gapirib bering.

  4. Coat qachon paydo bo‘lgan?

  5. Dastlabki kalendarlarning paydo bo‘lishi tarixi (Quyosh, oy, oy-Quyosh)ni ayting.

  6. Abu Rayhon Beruniyning “Osor-ul boqiya...” asaridan qadimgi kalendarlar haqidagi ma’lumotlarni aniqlang, ularni qiyoslang.

  7. Dastlabki kalendar qaerda vujudga kelgan?

  8. “Daydi” kalendar nomi nimani anglatadi?

  9. Qachon Bobilda Oy-Quyosh kalendariga o‘tildi?

  10. Xronologiya fani predmeti nimani o‘rganadi?

  11. Xronologiyaning maqsadi va vazifalari nimadan iborat?

  12. Tarixiy xronologiya deganda nimani tushunasiz?

  13. Astronomik xronologiya deganda nimani tushunasiz?

  14. Tarix fanini o‘rganishda xronologiya kursining tutgan o‘rnini aniqlang.

  15. Umar Xayyom kalendarining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

  16. “Ziji Ko‘ragoniy”ning ahamiyatni tushuntirib bering.

  17. Vaqt sanasi birligi tushunchasi (kun, oy, hafta) haqida ma’lumot bering.

  18. Yil hisobi tropik yil haqida ma’lumot bering.

Download 38.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling