1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 2-modda. Soliq maslahati to‘g‘risidagi qonunchilik


Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi


Download 99.67 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi99.67 Kb.
#1413617
1   2   3
Bog'liq
SOLIQ MASLAHATI...

Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi
«Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, soliq maslahatchisi mijozga soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, to‘lash, hisobot tayyorlashda ko‘maklashishi, qolaversa, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda vakil sifatida qatnashishi mumkin. Yangi tartib oktabrdan kuchga kiradi.
Prezident 4 avgust kuni «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi [O‘RQ-787-son] qonunni imzolandi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 24 mayda, Senat tomonidan esa 8 iyulda ma’qullangan.
Hujjatga asosan soliq maslahatiga oid faoliyat deganda soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat tushiniladi.
Soliq maslahati bir qator xizmatlarni, jumladan mijozga soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, to‘lash, hisobot tayyorlash bo‘yicha maslahat berish, sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda vakillik qilishni o‘z ichiga oladi.
Soliq solish masalalari bo‘yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish, sudda va boshqa davlat organlarida vakillik qilish soliq maslahati hisoblanmaydi.
Moliya vazirligi soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahatchilarining, soliq maslahatchilari tashkilotlarining ixtiyoriy a’zoligi asosida tashkil etiladigan kasbiy birlashmasi hisoblanadi.
Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisi bo‘ladi. Malaka imtihonini topshirish uchun ariza bilan Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qilinadi.
Malaka sertifikatini olishga doir malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida yig‘im to‘lanadi.

SOLIQ MASLAHATCHILARINING HUQUQLARI VA ХIZMATLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILDI


11.10.2022
2022 yil 1 noyabrdan «Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirishi bilan soliq maslahati institutini qanday oʻzgartirishlar kutmoqda? Ushbu savolga norma.uz iltimosiga koʻra Moliya vazirligi boʻlim boshligʻi Bahodir BOYQOBILOV va Moliya vazirligi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari Hulkar TOJIYeVA javob beradilar.
2022 yil noyabr oyida 04.08.2022 yildagi «Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida»gi OʻRQ-787-son Qonun kuchga kiradi. U «Soliq maslahati toʻgʻrisida»gi Qonun (21.09.2006 yildagi OʻRQ-55-son) oʻrniga qabul qilingan boʻlib, ushbu sohaga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritadi.
Birinchidan, soliq maslahati sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatlar jamoat tashkiloti – Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga berildi.
 
Ikkinchidan, Soliq maslahatchilari palatasi huzurida Soliq maslahatchilarining ekspert kengashi tashkil etiladi. Uning vazifalari:

  • soliq toʻlovchilar va nazorat qiluvchi organlar oʻrtasida muntazam ravishda yuzaga kelayotgan soliqqa oid nizolar boʻyicha хulosani koʻrib chiqish hamda berish;

  • soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni ekspert baholash;

  • soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

 
Uchinchidan, soliq maslahatchilari tashkilotlarining huquqlari, shuningdek soliq maslahati boʻyicha хizmatlar roʻyхati kengaytirildi. Endi ular quyidagilarni amalga oshira oladilar:

  • ortiqcha undirilgan yoki ortiqcha toʻlangan soliqlar hisobidan soliq qarzini qaytarish va (yoki) toʻlash, soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish uchun soliq organlariga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarni tayyorlash;

  • soliqqa oid va moliyaviy tavakkalchiliklarni tahlil qilish hamda baholash, mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq imtiyozlarini qoʻllashga doir tavsiyalar taqdim etish;

  • mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan oʻz soliq majburiyatlari muayyan davr uchun, shu jumladan iхtiyoriy ravishda tugatilayotganda toʻgʻri bajarilishini tekshirish va h.k.

 
Toʻrtinchidan, soliq maslahatchilari tashkilotlari soliq maslahati boʻyicha хizmatlar bilan bir qatorda quyidagi хizmatlarni koʻrsatishlari mumkin:

  • eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha konsalting;

  • mijozni uning oʻz faoliyatini amalga oshirishi davrida davlat roʻyхatidan oʻtkazishda, shuningdek uning tugatilishi chogʻida kuzatib borish;

  • investitsiya loyihalarini tahlil qilish, ekspertizadan oʻtkazish va kuzatib borish (monitoring qilish);

  • хarid jarayonlarini kuzatib borish (monitoring qilish);

  • soliq solish masalalari boʻyicha seminarlar va treninglar oʻtkazish.

 

Download 99.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling