1-Modul: Avtomobillar servisi-avtomobillarga xizmat ko‘rsatishning umum tan olingan usuli Reja


Avtoservisning dunyoda va mamlakatimizda paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 59.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1496360
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

2. Avtoservisning dunyoda va mamlakatimizda paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Avtomobillarga servis usulida xizmat ko‘rsatishni birinchi bo‘lib boshlaganlar albatta, avtomobillar ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo qiluvchi Amerika Qushma SHtatlari (AQSH) va Yevropa mamlakatlarining avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning dilerlaridir.
AQSHlik mashhur tadbirkor Genri Ford jahonda birinchi bo‘lib avtomobillarni ommaviy usulda ishlab chiqaruvchi zavod qurdi (1900y) va o‘z zamonasi uchun qulay va arzon bo‘lgan “T” modelli avtomobillarni ishlab chiqarib sota boshladi va albatta shu paytdan boshlab avtomobillarga ehtiyot qismlar yetkazib berish, ularga TXK va ta`mirlashni tashkil qilish ehtiyoji tug‘ildi. SHundan kelib chiqib barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan avtomobillarga ehtiyot qismlar yetkazib berish, ularga TXK va ta`mirlash ishlari, ya`ni avtomobil servisi bilan shug‘ullanishni boshladilar. Avtomobillar qaerda sotilsa o‘sha joylarda avtomobillar servisi tashkil qilingan.
Avtomobilsozlik kompaniyalari tashkil etgan bu avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar tarmog‘i tobora rivojlanib va takomillashib firma usulidagi avtoservisga aylandi. Keyiniroq esa dunyo avtomobil parkining keskin o‘sishi, avtomobil transpor-tining rivojlanishi natijasida mustaqil, ya`ni avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan, avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar safi va tarmog‘i yuzaga keldi.
E.S. Kuznitsovning ma`lumotlariga qaraganda, 1984 yilda AQSH mamlakatida 329 ming avtoservis korxonalari faoliyat ko‘rsatib turgan, shundan 25 mingi (7,6%) firma usulida ishlovchi, yangi yengil va yuk avtomobillari sotuvchi va texnik xiz-mat ko‘rsatuvchi dillerlar, 115 mingi (35%) avtomobillarga yonilg‘i quyuvchi va shu bilan birga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stantsiyalar, 150 mingi (46,6%) mustaqil ta`mirlash va TXK ustaxonalari, 39 minggi (11,8%) garajlardagi ta`mirlash ustaxonalari bo‘lgan.
SHuni ta`kidlash zarurki, xozirgi paytda dunyoning barcha qithalarida va mamlakatlarida avtoservis xizmatini bajaruvchi korxonalar, ustaxonalar, dilerlar tarmog‘i keng yoyilgan bo‘lib ular shaharlar, qishloqlar, magistral yo‘l bo‘ylari, avtomobil saqlash garajlari va boshqa ko‘plab joylarda faoliyat ko‘rsatib, avtomobil transportining samarali ishlashini ta`minlab turibdi. Avtomobillar servisi avtomobilsozlikning yo‘ldoshi, tengdoshi va avtomobil transportining ajralmas qismi, u bilan bir xil shakllanish tarixiga ega bo‘lib, o‘zaro hamkorlikda rivojlanib kelmoqda.



Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling