1 Muhim siyosiy voqyealari haqida ma’lumot bering


) Mug’ul va xitoy tillarida yozilgan manbalari haqida ma’lumot bering


Download 16.82 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi16.82 Kb.
#1545975
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu topshirig\'i manba shunoslik

4) Mug’ul va xitoy tillarida yozilgan manbalari haqida ma’lumot bering.
Mo’g’ulistondan topilgan bi-tiklar. Bular orasida To’nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon va On-gin muhim o’rin tutadilar.
To’nyuquq bitigi Ulan-Bator-dan 66 km janubi-sharkda, Bain Sokto manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligi-ning asoschisi Eltarish xoqon (681—691-yy.) ning masla-hatchisi sarkarda To’nyuquqqa atalgan; 712—716-yillar ora-sida yozilgan.
Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716—734-yy.) ini-si Kul tegin (731-yili vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mo’g’ulistonning Kosho Saydan vodiysida Ko’kshin O’rxun daryosi bo’yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M. Yad-rinsev (1842— 1894-yy.) tomonidan 1889 yili topilgan.
Bilga xoqon bitigi. Yuqorida aytilgan Kul tegin bita-gidan 1 km janubi-g’arbda — Ko’kshin O’rxun daryosi havza-sidan topilgan. Obida 735-yili bitilgan. V.V. Radlov, SE. Malov, P.M. Melioranskiy va V. Tomsen tomonidan o’rganilgan va chop qilingan.
Ongin bitigi. Mo’g’ulistonning Kosho Saydan vodiy-sidan topilgan. Kimga atalganligi aniq ma’lum emas. Ba’zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo’yilgan (735 y.); boshqa fikrga ko’ra Qopag’on xoqonga (691—716- yy.), yana boshka bir ma’lumotga (J. Kloson) Karaganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan 731 yilda o’lgan) sharafiga qo’yilgan. Obida 1892 yili V.V. Radlov tarafidan (estompaji) va 1957 yili J. Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadkikrt bilan) nashr kilingan.
Xitoy manbalari. Xitoy manbalari haqida so’z boshlashdan oldin shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, ular ham xitoy hukmdor-larining maqsad va manfaatlarini ko’zlab yozilgan, xitoy imperatorlari ko’kka ko’tarib maqtalgan, ilohiylashti-rilgan; boshqa xalqlarning tarixi esa ko’p hollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida bo’lib o’tgan voqyealarning vaqti va o’rni aniq ko’rsatiladi, u yoki bu hududsa istiqomat qilgan xalqlar, shuningdek, bir-bi-riga qarshi turgan qo’shinlarning umumiy soni aniq ko’rsatiladi. O’rta Osiyo, xususan qadimiy O’zbekistonning uzoq o’tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda quyi-dagi xitoy manbalari muhim rol o’ynaydi.
Sima Syan— (taxminan miloddan avvalgi 145 yoki 135— 86-yillar) Xitoy tarixshunoslarining «otasi» hisoblana-di; Lunmin (hozirgi Shensi viloyati) shaxrida saroy ta-rixchisi Sima Txan oilasida tug’ilgan; mamlakat bo’ylab ko’p sayohat qilgan; otasi vafot etgandan (miloddan avvalgi 108 yili) keyin uning o’rniga saroy tarixchisi sifa-tida qabul qilingan. Miloddan avvalgi 98 yili impera-torga qarshi chiqib, sarkarda Li Linii himoya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib (bichilgan) saroydan quvib yuborilgan. Lekin u ruhiy tushkunlikka tushib qolmadi va bo’lajak tarixiy kitobi ustidagi ishini davom ettirdi. Ko’p vaqt o’tmay, Sima Syan yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mahkamasining boshlig’i etib tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratilib berildi. Sima Syan «Shi Szi» («Tarixiy esdaliklar») nomli 130 bobdan iborat yirik tarixiy asar yozib krldirgan. Asar Xitoyning qadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga kadar utgan tarixini o’z ichiga oladi. Asar-da O’rta Osiyo, uning 123 bobida xususan Farg’ona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Ban Gu (39—92) — yirik tarixchi olim; Anlin (Shensi viloyati) shahrida G’arbiy Xan sulolasi (miloddan avvalgi 206 — milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor va tarixshunos oilasida tug’ilgan; 47—55 yillari Loyanda oliy o’quv yurtida ta’lim olgan; 58—82 yillari o’zining «Syan Xan shu» («Avvalgi Xan sulolasining tarixi») asarini yozgan.
Fan Xua (398—445-yy.) — Avvalgi Xan sulolasi (25— 220-yy.) tarixchisi. Avval kichik davlat lavozimida turgan va 424 yili viloyat hokimligiga ko’tarilgan. Davlatga qarshi isyonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. Fan Xua Xitoyning Avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixini o’z ichiga olgan «Xou Xan shu» («Keyingi Xan sulolasi tarixi») nomli katta asar (130 bobdan iborat) muallifi. Asarda O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jun-g’oriyaning 25—221-yillar orasidagi tarixi haqida diq-qatga sazovor ma’lumotlar bor.

Download 16.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling