1. "Mumtoz menejment" maktabi mohiyati


KOMMUNIKATSIYA SAMARADORLIGI


Download 0.84 Mb.
bet3/4
Sana04.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1078016
1   2   3   4
Bog'liq
7-Variant

KOMMUNIKATSIYA SAMARADORLIGI
•KISHILAR BILAN YAKKAMA-YAKKA SUHBAT OLIB BORISH QOBILIYATI.
•TELEFONDA SO‟ZLASHUV QOBILIYATI
•RASMIY HUJJATLARNI TUZISH VA O‟QIY OLISH QOBILIYATI
•MAJLISLARDA QATNASHISH MADANIYATI

Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o„rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv organlari, hokimiyat, vazirlik, qo„mitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol bo„ladi.
Ichki kommunikatsiya - deganda korxona ichidagi bo„limlar o„rtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo„lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo„g„inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo„limlararo (gorizontal kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo„ysinuvchi o„rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng ko„p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshlig„i ¸ki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada rahbar faqat o„z qarorini bildiribgina qolmay, bo„ysunuvchilarga ta‟sir ko„rsatish, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va hohish uyg„otish mumkin. qo„pollik bilan baqirishga, “so„kishga” va hokazolarga aslo yo„l qo„yilmaslik kerak. Rahbarning shaxsiy obro„si ko„p jihatdan u o„z fikrini qay tarzda bildirishga, qanday so„zlashishga bog„liq.
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir bo„lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi ham bo„lishi kerak, ammo chegara doirasida.

3. Tashkiliy ma'muriy usullar




Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar.
Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu usullarga:
- boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
- har bir boshqaruv bo‘g‘inining funktsiyalarini belgilash;
- kadrlarni to‘g‘ri tanlash;
- buyruklar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
- topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.

Tashkiliy-ma'muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha ma'muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma'muriy organlar boshqariluvchi ob'ektning bajarishi majburiy bo‘lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo‘ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.


Tashkiliy usullar shu yo‘l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funktsiyalari bajarilishining:
 tashkiliy barqarorligini;
 intizomliligini;
muvofiqliligini;
 uzluksizligini ta'minlaydi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling