1 Statistika predmeti


Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar


Download 99.52 Kb.
bet7/9
Sana03.11.2023
Hajmi99.52 Kb.
#1744932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o

19 Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar. Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so‘ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi.

20 Tasvirli (figurali) diagrammalar. Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammalar o’rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish
yo’li bilan tuziladi. O’lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo’lda yuk aylanmasining o’sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. Buning uchun 1 ta vagon qanchadir yuk aylanmasi hajmini bildiradi deb belgilab, tasvirlanuvchi ma’lumotlarni shu masshtabga bo’lib, chizilishi kerak bo’lgan vagonlar soni aniqlanadi. O’zbekistonda temir yo’l yuk aylanmasining ortishi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
21 Statistika deganda ma’lumotlar to’plash jarayoni ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda statistika ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb turidir. Uyushtirilgan bilim tarmog’i ham, maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham, kasbkorlik faoliyati sohasi ham hisoblanadi. Ko’zga ko’ringan iqtisodchi olim E.Keyn shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid amerika ma’lumotnomasida statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni xulosalar yasash uchun asos sifatida to’plash, tasniflash va miqdoriy baholash haqidagi fandir”1 Shu jihatdan u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi.
1
Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar to’plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo’llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida ma’lumotlarni to’plash va umumlashtirish turadi. Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to’plash, tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish va amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Bu ishda EHMdan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM yordamida axborotlar to’plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.
Shunday qilib, statistika atamasi ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozirgi kunda u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday mazmunda bu so’z ko’proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko’rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini ko’rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so’zi foydalaniladi. Masalan, gazeta sahifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko’ra” degan ibora tez-tez uchrab turadi;

22


Download 99.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling