1. Web-dizayn tushunchasi


Download 90.98 Kb.
bet3/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter va undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediali ma’lumotlarni bir-biriga moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Web-server – Internet yoki Internetga ulangan umumfoydalanishdagi axborot serveri. Unda hujjatlar va fayllar – audio, video, grafik va matn fayllari saqlanib, ular foydalanuvchilarga HTTP vositalar orqali taqdim etiladi. Web-server nomi u umumjahon tarmogʻining qismi boʻlgani uchun kelib chiqqan. Maxsus dasturiy ta’minotga ega boʻlgan, bir yoki bir necha web-sayt fayllarini saqlash va ularga ishlov berish mumkin. Bir necha web-sayt bitta kompyuterda ishlasa, Web-server deganda web-sayt ishlovchi virtual makon (dasturiy ta’minot va kompyuterdagi joy) tushuniladi. Shunga koʻra koʻpchilik uchun «web-server» deganda «web-sayt» tushuniladi. Koʻp axborotni saqlovchi web-saytlar bir paytning oʻzida bir necha kompyuterda saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin. Web-server mijozlarning web-saytga soʻroviga javob beradi.
Bu tushunchalarga qoʻshimcha web-hujjat tushunchasini ham koʻrib oʻtamiz.
Odatda, maxsus HTML (Hyper Text Markup Language) tilidagi Web-hujjat jahon oʻrgimchak uyasining asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat boʻlib, foydalanuvchiga ajratib koʻrsatilgan soʻz yoki jumlaga qaratib, ma’lumotlarni oʻqish, hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan giperhavola yordamida bogʻlangan boshqa web-hujjatga oʻtish imkonini beradi. Web-hujjat, shuningdek, matn, tasvir, tovush, videolarni mujassamlovchi gipermuhit ma’lumotni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Web-hujjatni ochish, ularni oʻqish yoki aks ettirish Internet brauzerlari yordamida amalga oshiriladi. Web-hujjat tushunchasi web-sahifalar va web-saytlar tushunchalari bilan chambarchas bogʻliq. Odatda, web-sahifasi atamasi web-hujjat atamasining sinonimini bildiradi. Web-sayt atamasi esa yagona mavzu ostida birlashtirilgan yoki bitta tashkilot, muallif yoki foydalanuvchiga tegishli boʻlgan sahilalar majmuasiga tegishlidir.
Munosib web-dizaynni yaratishda qatnashuvchi quyidagi elementlarni sanab oʻtishi mumkin:
Shrift – web-sayt ichida imkoni boricha bitta shrift, yoki, odatda, ikki-uchta bir-biriga oʻxshash (oson qorishadigan) shriftlarni qoʻshib ishlatish mumkin boʻlgan xususiyatlar va tanlangan fonda oʻqish mumkin boʻlgan ranglarga ega boʻlishi lozim.
Abzats – imkoni boricha web-saytning barcha sahifalarida matn va boshqa vizual materiallarni tekislash (sozlash)ning bir koʻrinishlarida boʻlishi maqsadga muvofiq.

Download 90.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling