1. Web-dizayn tushunchasi


Web-saytning rangli sxemasi


Download 90.98 Kb.
bet4/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

Web-saytning rangli sxemasi – sahifaning oddiy matnini, havola va tashrif buyurilgan havolalarni taqdim qilishning uch xil ranglarini belgilaydi. Rangli sxema, yoki turli mavzudagi saytning boʻlimlari uchun bunday sxemalarning bir nechta koʻrinishi saytning barcha sahifalarida takrorlanishi lozim.
Web-dizayn oʻzida belgilangan rangli va mantiqiy sxemani birlashtirgan qandaydir graflkli jihozlashni nazarda tutadiki, shuning uchun ish boshida saytni jihozlashning umumiy konseptsiyasini oʻylab koʻrish kerak boʻladi. Barcha grafik elementlarni ikkita katta sinfga ajratish mumkin: chizilgan va biror real voqelik fotosuratlari. Saytni bezash ishlarida bu ikki tipni aralashtirib yubormaslik yoki ularni web-saytning tematik yoki mantiqiy qismlariga toʻgʻri taqsimlash maqsadga muvofiq. Shuni alohida takidlab oʻtish kerakki, saytda har qanday tipdagi fotosuratlarni illustratsiya sifatida ishlatishdan oldin, ularni tegishli tarzda qayta ishlash zarur.
Web-dizaynning asosiy maqsadi – saytning egasiga foyda (moddiy, ma’naviy) keltiradigan koʻrinishda taqdim qilishdan iborat. Foyda sayt orqali mollarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotish orqali boʻlishi, shuningdek, unga qoʻshimcha firmalarni, mahsulotlarni reklama orqali yangi mijozlarni oʻziga tortish yoʻli bilan ham kelishi mumkin. Ta’limda esa bularga qoʻshimcha oʻquv resurslarini yetkazib berish, ta’limni boshqarish ishlarini amalga oshirish mumkin.
Ma’lumki, web-dizayner boshqa kasblarga nisbatan yosh (yangi) kasb hisoblanadi. Internetga boʻlgan talabning ortishi bilan, saytlarning dizayniga boʻlgan talab va web-dizaynerlar soni ham ortib bormoqda.
Endi web-loyihalarning asosiy tiplari va ularning har birini vizual bezashga qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqamiz. Saytlar tarkibiga koʻra quyidagi asosiy tiplarga boʻlinadi:
Uy sahifasi (Домашняя страница) tushunchasining bir nechta koʻrinishi mavjud:

  1. Alohida shaxsga tegishli web-sayt. Bu saytda shaxs haqidagi bir necha mavzudagi ma’lumotlar, matnlar, fotojamlanmalar berilishi mumkin. Odatda, bunday saytlarga turli sohalarning (masalan, fan-texnika, madaniyat, sport va boshqa sohalarda) mashhur kishilari ega boiadi.


  2. Download 90.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling