1. Web-dizayn tushunchasi


-rasm. Web-dasturlash tillarining guruhlarga boʻlinishi. Mijoz


Download 90.98 Kb.
bet8/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

2-rasm. Web-dasturlash tillarining guruhlarga boʻlinishi.
Mijoz va Server tomonidagi ssenariylar


JavaScript nima?
Mijoz tillaridan eng koʻp tarqalgani JavaScript tili boʻlib, Netscape (Netscape Navigator, www.netscape.com) SunMicrosystems (www.sun.com) kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan. JavaScript faol HTML-sahifalar uchun ssenariylar yozishga moʻljallangan. JavaScript avtonom ravishda ishlaydigan ilovalarni yaratishga moʻljallanmagan. JavaScriptdagi dasturlar bevosita, HTML-hujjat kodi ichiga quriladi va brauzerda sahifaning yuklanishi vaqtida faollashadi. Sodda qilib aytganda, Java Script HTMLning cheklangan, sodda imkoniyatlarini kengaytirish va toʻlaqonli sahifalar yaratishga moʻljallangan. JavaScript yordamida, odatda, ma’lumotli va muloqot oynalarini chiqarish, animatsiyalarni koʻrsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-ssenariy yordamida ba’zan oʻzi ishlab turgan brauzer va platforma tipini aniqlash mumkin. JavaScript-ssenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi.
ActionScript nima?
ActionScript – obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili boʻlib, Flash-ilovalar tarkibida interfaollik, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqa koʻplab imkoniyatlarni beradigan ECMAScript dialektlaridan biri hisoblanadi.
Silverlight nima?
Microsoft Silverlight – bu dasturiy platforma boʻlib, RIA (Rich Internet Application)ga xos boʻlgan animatsiyalar, vektorli grafika va audio-video roliklardan tarkib topgan ilovalarni yuklash imkonini beradigan brauzer uchun plaginlarni oʻz ichiga oladi. Bu esa Silverlight barcha brauzerlarda WMV, WMA va MP3 kabi formatlarni Windows Media Player singari qoʻshimcha komponentlarsiz ijro qilish imkoniyatini beradi. Dasturning 2.0 versiyasi 2008-yil oktabrda ishlab chiqilgan boʻlib, unga .NET tillari bilan ishlash imkoniyati qoʻshilgan. Bundan tashqari, Microsoft kompaniyasi 2009-yil iyulda IDE bilan integratsiyalashgan Silverlight 3 va Microsoft Expression Studio 3 dasturlarini ishlab chiqdi.
Silverlight platformasi Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2003, Windows Vista, Windows 7, Mac OS X 10.4, Mac OS X 10.5, Mac OS X 10.6 operatsion tizimlariga va Internet Explorer 6.0/7.0/8.0, Mozilla Firefox 1.5/2.0/3, Safari 3.1, Google Chrome 3.0, Opera 9.50 brauzerlariga moʻljallangan.

Download 90.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling