1. YaMd ko‘rsatkichi qanday hisoblanadi va Yaim ko‘rsatkichidan nimasi bilan farq qiladi?


ShD, ShTD, YaMTD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqlar nimada?


Download 38.91 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi38.91 Kb.
#1561917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mikro 1mus

2. ShD, ShTD, YaMTD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqlar nimada?
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad
(ShD) ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi.
ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad.
Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‘yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to‘laydigan daromad solig‘i, mulk solig‘i va ayrim nosoliq to‘lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko‘rsatkichi topiladi.
ShTD uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun ishlatiladi. ShTD =C + S
Makroiqtisodiy tahlilda uy xo‘jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi.
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armish uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar
Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.

3. Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering?
Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
- deflator (Paashe indeksi);
- iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflator ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa doimiy narxlarda baholaydi.
Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan oshadi, nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi natijasida ham oshishi mumkin. Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda:
Qi0– bazis yilda iste’mol savatiga kiritilgan; i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi; Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
- iste’mol savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o‘zgarmaydi;
- iste’mol savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi.

Download 38.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling