1. Yer sharida quruqlik va suvning taqsimlanishi. Yer sharida va materiklar ichida namlikning aylanishi. Yer sharida suv muvozanati


Download 311 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi311 Kb.
#1548803
1   2   3   4   5
Bog'liq
Тabiatda suvning aylanishi. Yer kurrasida quruqlik va suvning ta

Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha turdagi aylanishini o’z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko’rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo’lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Shunday qilib, Dunyo okeani, atmosferadagi namlik va quruqlik suvlari yago­na tizim sifatida o’zaro bog’langandir.
Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi.
Yer kurrasida chekka oqimli hududlar 117 mln.km2 ni, ichki oqimli (berk) hududlar esa 32 mln.km2 ni tashkil eta­di. Eng katta ichki (berk) oqimli hududlarga Orol­Kaspiy havzasi, Afrikadagi Chad ko’li havzasi, Sahroi Kabir, Ara­biston va Markaziy Avstraliya cho’llari misol bo’ladi.
Yer kurrasining suv muvozanati
Yuqorida gidrosferada mavjud bo’lgan umumiy suv hajmi 1,386109 km3 ga teng ekanligi qayd etildi. Lekin, tabiatdagi yillik suv aylanish jarayonida uning nisbatan juda kam qismi, ya’ni 518600 km3 yoki umumiy suv hajmi­ning 0,037 foizi ishtirok etadi.
Dunyo okeani suvi sathining doimiyligini e’tiborga olib, ayni geologik davr uchun gidrosferadagi suv zahira­sini hamda suv aylanish jarayonida ishtirok etadigan suv hajmini o’zgarmas deb hisoblash mumkin. Natijada Yer kur­rasida namlik aylanishi jarayonida iishtirok etayotgan kirim (atmosfera yog’inlari) va chiqim (bug’lanish) qismlari o’rtasida ma’lum tenglik­muvozanat mavjud bo’ladi. Ushbu tenglik (balans)ni Yer kurrasi va uning ayrim qismlari (Dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimli hudud) uchun suv muvozanati tenglamalari ko’rinishida ifodalash mum­kin.
Тenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida Dunyo okeani yuzasiga (Хo), quruqlikning chekka oqimli hududiga (Хch), quruqlikning ichki oqimli (berk) hududiga (Хi) va nihoyat butun Yer kurrasi sirtiga (Хer) yog’adigan yillik yog’in miqdorlarini hisobga olish zarur. Shularga mos ravishda Dunyo okeani yuzasidan (Zo), quruqlikning chekka oqimli hududidan (Zch), quruqlikning ichki (berk) oqimli hududidan (Zi) va ularning yig’indisi­Yer kurrasi yuzasidan (Zer) bo’ladigan yillik bug’lanish miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv muvo­zanati tenglamalarida quruqlikdan Dunyo okeaniga yoki u bilan tutash bo’lgan dengizlarga daryolar keltirib quyadigan yillik oqim miqdori (Uy) ham hisobga olinadi.

Download 311 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling