10-ma’ruza. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 Soat) reja


O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi


Download 46.87 Kb.
bet6/6
Sana06.11.2023
Hajmi46.87 Kb.
#1751710
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma’ruza. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 Soat) reja-fayllar.org

6. O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi.
So‘nggi yillarda jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida respublika tashqi siyosatida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning АQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi kabi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalari yanada kengayib, bu davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik, xalqaro huquq normalarida belgilangan qoidalarga va tamoyillariga asoslandi.
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi hamda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O‘zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondoshishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi.
2019-yili O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining to‘laqonli aʼzosiga aylandi. O‘zbekistonning ushbu Kengashga aʼzo bo‘lishi savdo va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, tovarlar, kapitallar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun bojxona va tranzit tartib-qoidalarini hamda moliyaviy va bank operatsiyalarini soddalashtirishga yordam beradi.
2019-yilning oxiri – 2020-yilning boshlarida butun insoniyat jahon miqyosida so‘nggi yuz yilda ro‘y bermagan koronavirus pandemiyasi degan global ofatga duch keldi. Аfsuski, bu ofat butun insoniyat qatori O‘zbekiston tashqi siyosati uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qaramasdan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston dunyoning sanoqli davlatlari qatorida ijobiy o‘sish surʼatlarini saqlab qoldi.
2020-yilda mamlakatimizning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlari yanada yaxshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion so‘mlik davlat yevro obligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.
O‘zbekiston “Ochiq maʼlumotlarni kuzatish” xalqaro indeksida 125 pog‘onaga ko‘tarilib, 44-o‘rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
“Iqtisodiy erkinlik” reytingida ham mamlakatimizning 26 pog‘ona ko‘tarilgani islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir eʼtirofi hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida O‘zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faol olib bormoqda. Xalqaro maydondagi qatʼiy saʼy-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro‘-eʼtibori tobora yuksalmoqda.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro miqyosda yangi qiyofaga ega bo‘lgan O‘zbekiston paydo bo‘ldi, O‘zbekiston rahbari dunyoda yangi formatsiyadagi va katta obro‘ qozongan arbob sifatida tan olindi, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlar rivoj topdi. O‘zbekistonning yangi mazmunga ega bo‘lgan tashqi siyosiy faoliyati asoslari shaklandi, bu esa mintaqamizda tinchlik va barqarorlik, samarali hamkorlikning asosiy garovidir.
http://fayllar.org
Download 46.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling