11-ma’ruza. Gaz va chang portlash xavfi mavjud bo’lgan shaxtalarda portlatish ishlariga qo’yiladigan talablar


Download 36.9 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi36.9 Kb.
#1763111
1   2
Bog'liq
11-ma\'ruza

Umumiy xavfsizlik qoidalari.
Ko’mir changi va metan gazi portlash xavfi mavjud bo’lgan shaxtalarda ishchilarga jarohat yetkazishi mumkin bo’lgan omillarga quyidagilar kiradi (xavfli omillar):

  1. Metan yoki ko’mir changining PI lari natijasida yonib ketishi yoki portlab ketishi (taxminan 41% gacha).

  2. Portlamay qolgan zaryadlarga mexanik ta’sir natijasida (25% gacha ).

  3. Qo’riqlash postlarining o’z joyida turmasligi va yoki ularni boshqa ishga jalb qilish natijasida ishchilarning portlash xavfi, kutilmaganda ko’rib qolishi (30% gacha).

  4. Elektr detonatorlarning kutilmaganda ishga tushib portlab ketish natijasida (4% gacha)

Texnik sabablardan tashqari xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik natijasida ham metan portlab ketish xavfi mavjud: BPI pasportiga amal qilmaslik, portlash zanjirini noto’gri montaj qilish, qo’shimcha himoya vositalaridan foydalanmaslik yoki noto’g’ri foydalanish.
Saqlagichsiz II sinfga kiruvchi PMlarni quyidagi sharoitlarda qo’llash mumkin:
a)gorizontal qiya va vertical kon lahmlarini o’tishda, shuningdek ishlab turgan shpurlarni chuqurlashtirishda quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.
- zaboylarda ko’mir qatlamlari yoki qatlam orasidagi ko’mir qatlamchasi bo’;lmasligi kerak (proplastika).
- stvollarni chuqurlashtirishda stvol zaboyni kamida 20 sm balandlikdagi suv bilan to’ldiarish.
- agar kon lahimi manolit mustahkamlagich bilan mustahkamlangan bo’lsa, ishlar xavfsizligi bo’yicha ekspert xulosasi asosida PI ga ruxsat etiladi.
- stvollarni portlatib o’tishda odamlar stvol ustidan kamida 50 m uzoq masofada bo’lishi kerak.
- bunda PI yer yuzasidan turib yoki portlatuvchi uchun tayyorlangan panagoh kameradan turib amalga oshiriladi.
III sinfga kiruvchi saqlagichli PM lar quyidagi sharoitlarda qo’llanilishi mumkin: metan gazi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan va ko’mir changi mavjud bo’lgan shaxtalarda.
IV sinfga kiruvchi saqlagichli PM. Gorizontal qiya kon lahimlarida metan kam miqdorda ajralib chiqadigan sharoitlarda qo’llaniladi.
V sinfga kiruvchi saqlagichli PM. Gorizontal, qiya, kon lahimlarida ko’tarilmalarda, metan ko’p miqdorda ajralib chiqadigan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda ko’mir va atrof tog’ jinslarini portlatishda bir xil turdagi PM qo’llanilishi lozim. Ayrim hollarda sanoat.geo.kon.tex.nazorat davlat inspeksiyasi ruxsati asosida ishlar xavfsizligi bo’yicha ekspert xulosasi mavjud bo’lganda ko’mir bo’yicha V sinf atrof tog’ jinslari bo’yicha IV sinf PM qo’llash ruxsat etiladi. Ko’mir va atrof tog’ jinslarini birgalikda portlatishda oldindan skvajina burg’ilanadi va ushbu skvajina orqali zaboy shamollatiladi.
VI sinfga kiruvchi saqlagichli PM. Ko’mir zaboylarida ko’tarilma qiyaligi 100C va undan yuqori bo’lganda shamollatuvchi skvajinalarni burg’ilamasdan PI da qo’llaniladi. Bunda shpur chuqurligi 1,5 m dan oshmasligi, patronlangan PM massasi 0,6 kg dan oshmasligi shart.
VII sinfga kiruvchi saqlagichli PM kon massasi kon lahimi shipida osilib qolganda va negabaritlani ikkilamchi maydalash ishlarida qo’llaniladi.
Xavfsizlik qoidalariga ko’ra PI ustasiga bir vaqtning o’zida har xil sinflarga kiruvchi PM lar hamda saqlagichli va saqlagichsiz elektrodetonatorlar, jumladan qisqa sekinlatilgan va sekinlatilgan elektrodetonatorlarni berish ta’qiqlanadi. Portlatish ishlarini olib borishda shiplar orasidagi minimal masofa quyidagicha tavsiya etilgan:
II sinf PM lari 0,6m;
III – IV sinf PM lari 0,6m;
V- sinf PM lari 0,5m
VI-sinf PM lari 0,4M.
Atrof tog’ jinslari bo’yicha: F<7 bo’lganda
II – sinf – 0,5m
III – IV – sinf – 0,45m
V – sinf –0,3m
VI-sinf-0,25m
F=7÷10 bo’lganda
II – 0,4, III – IV – 0,3 qolganlari qo’llanilmaydi.
F>10 bo’lganda shpurlar zaryadlari orasidagi masofa ishlar xavfsizligi bo’yicha ekspert bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan me’yorlar asosida tanlanadi.
Download 36.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling