11-mavzu. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi
Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari
Download 148.83 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11-mavzu
11.2. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari
Innovatsion faoliyatning mufaqqiyati ko’proq darajada uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy qo’llab quvvatlash usullari bilan belgilanadi . Yangi ilmiy ishlamalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo’lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo’llab quvvatlash va riaojlantirishning turli tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning turli tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo’llab quvvatlash bo’yicha tadbirlarning rang barangligi kengayadi. Rivojlangan mamlakatlar innovatsion faoliyat uchun moliyaviy resurslarni ham davlatning va ham hususiy manbalardan to’playdilar: /arbiy Yevropaning kopgina mamlakatlari va A+SH uchun molmyaviy resurslarni ITTKI uchun davlat va hususiy kapital o’rtasida teng taqsimlanishi xosdir. Ma’lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi , hamda patentlar va litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan belgilanadi. Yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlarda ITI ga xarajatlar YaIM ning 3% yaqinini tashkil qiladilar. Masalan, 1998 – yilda AQSH da tadqiqot ishlab chiqishlarini moliyalashtirishning umumiy hajmi 200 mlrd dollarda yaqinini, «katta yettilik» ning qolgan mamlakatlarning 2000 mlrd dollardan kamroqni tashkil qilgan SHuni eslash qiziqki, sobiq SSSR da 1980 –yillarning oxirida ITTK I ga xarajatlar milliy daromadning 5,5% ni tahkil qilganlar. Xususiy, davlat va xorijiy sarmoyalar hamkorligining turli tuman shakllari kengayishida davom etmoqda. Faqat moliyalashtirishning rivojlangan tizimi asosida innovatsion faoliyat rivojlanishi mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya sanoat guruxlari, kichik innovatsion bines, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va h. k. moliyalashtirish sub’ektlari bo’ladilar. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab chiqarish jaayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni rivojlanishida bevosita ishtirok etadilar. Moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari moliyalashtirishning manbalarining ko’pligi, tizimning alohida elemlntlarining egiluvchanligi va dinamikligiga qaratishni va innovatsionlarni ularni innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o’sishini ta’minlovchi tijoratlantirilishi bilan samarali tadbiq etilishi kerak. Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarur: davlatning innovatsion, ilmiy – texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va tadbirkorlarni faol investitsion rivojlanishga o’tishga tayyorligi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi mulkchilik turi, markazlashtirilganlik darajasi, ham mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish shakllari bilan farqlanuvchi shvkllar va manbalarning murakkab birikib ketishidan iboratdir. Mulkchilik turlariga ko’ra moliyalashtirish manbalari quyidagilarga bo’linadi: - davlat investittsion resurslari (byudjet mabla-lari, byutjetdan tashqari fondlar , davlat tomonidan qarz olish , aktsiyalar paketlari ,davlat tasarrufidagi mulk ): - tijorat va notijorat xarateriga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, hamda shaxs tashkilotlar jismoniy shakllarining investiitsion, shu jumladan moliyaviy resurslari. Bu jamoaviy sarmoyadorlar, shu jumladan sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar va kompaniyalar, nodavlat nafaqa fondlarining investitsion resurslari. Korxonalarning shaxsiy mablag’lari, hamda tijorat banklari, boshqa kredit tashkilotlari va hukumat tomonida maxsus vakil qilingan investitsion banklarning kredit resurslari ham shunga kiritiladi. Davlat darajasida quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar - byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarning shaxsiy mablag’lari: - davlat kredit bank va sug’urta tizimlarining « jalb qilingan » mablag’lar: - davlatning tashqi (xalqaro qarz olish ) va ichki qarzi (davlat obligatsiyali , qarzli va boshqa ziyonlari )ko’rinshidagi qarz mablag’lari : Korxona darajasiga quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar 1. SHaxsiy mablag’lar foyda, amartizatsion ajratmalaaar, sug’urtali to’lovlar, nomoddiy aktivlarning jalb qilinmagan ortiqchalari, asosiy va aylanma mablag’lar va h.k.; 2. Jalb qilingan mablag’lar, aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, hamda badallar, maqsadli tushumlar va boshqalar; 3. Xar xil asosdagi byudjet, bank va tijorat kreditlari ko’rinishdagi qarz mablag’lari. Byudjetdan mablag’ ajratilishi innovatsion faoliyatning har xil shakllarining muhim moliyaviy manbalari bo’ladilar, ular hisobidan maqsadli majmuaviy dasturlar, davlatning ustuvor loyihalari bajariladi. Davlat inovatsion siyosatini amalga oshirishning moliyaviy mexanizmi butun innovatsion davrani resursli ta’minlash tizimidan iborat. Bir qator mualliflar tomonidan taklif qilinayotgan moliyaviy mexanizmi kontseptsiyasi, birinchidan, innovatsion dasturlarni loyihalarni to’g’ridan to’g’ri davlat byudjetidan moliyalashtirishni ayrim ilmiy tashkilotlari moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi bilan birlashtirishga maqsadli qaratilganligi, ikkinchidan, moliyalashtirish manbalarining kqpligi bilan ta’riflanadi. Bunda byudjetdan mablag’lar ajratish bilan bir qatorda byudjetdan tashqari manbalar, shu jumladan moliya-sanoat guruhlari, tijorat banklari, birlashmalar, tashkilotlar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishtirok etadilar. Bunday mexanizm doirasida davlat innovatsion siyosatining asosiy qurollaridan biri sifatida davlat byurtmasini rolini kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat investitsion va ilmiy-texnik dasturlari davlat tomonidan maqsadli moliyalashtirishning ob’ekti bo’lishlari kerak. Tanlov bo’yicha tanlab olingan loyihalar ularning asosiy majmuini tashkil qiladilar. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida investitsion va moliyaviy resurslarni qidirib topish muammosida sarmoyalar va innovatsiyalarning bozorlari hal qiluvchi rolni o’ynashlari kerak. Yangiliklar bozorini ilmiy tashkilotlar, OO’Yu, innovatsion biznes korxonalari, ilmiy xodimlarning har xil uyushmalari, sanoat firmalarining ilmiy bo’linmalari, novatorlar shakllantiriladi. Bozor talabi- ishlab chiqarishni o’sishi- innovatsmyaga talab zanjirchasini muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi to’laqonli innovatsion bozorni vujudga kelishining muhim sharti bo’ladi. SHu ning bilan birga qisqa muddatlarda innovatsion bozorning, hammadan avval aqliy mulkni himoyalash va infratuzilmani shakllantirish qismidagi tashkiliy-huquqiy bazasini yaratishni yakunlash zarur. Innovatsion bozorni samarali faoliyat yuritish raqobat muhitini ta’minlash va fandagi yakka hokimlikka faol qarshilik ko’rsatishini ko’zda tutadi. Kichik inovatsion biznesni vujudga kelishiga muhim rolь ajratiladi, u innovatsion sohada haqiqiy raqobatni yaratilishi tufayli ITICH ni jadallashuvi omili bo’ladi. Bundan tashqari, kichik innovatsion korxonalarni rivojlanishi samarali ilmiy-texnik xodimlardan samarali foydalanishga, hamda yakunlangan ishlab chiqarishlarni tijoratlashtirish, ijara, lizing va boshqa bozor qurollari hisobiga ilmiy-ishlab chiqarish infratuzilmasidan to’liqroh foydalanishga yordam beradi. Bozor munosabatlarini rivojlanishi bilan xatarli (venchurli) sarmoyalar fondlarini innovatsion tadbirkorlikning adekvat o’ziga xosligi sifatida yaratish uchun haqiqiy sharoitlar vujudga keladi. Bu yerda innovatsion fondlar asosiy rolni o’ynashlari kerak, ular 1989 yildan boshlab katta davlat qo’llab- quvvatlanishida yachratiladilar. Download 148.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling