12 – mavzu. Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi Reja


G‘oya va mafkuralarni mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari


Download 37.35 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi37.35 Kb.
#1020148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-ma`ruza

G‘oya va mafkuralarni mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari.
Tarixdan malum bo‘lgan real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning kuyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarni aniqlash imkonini beradi.
Avvalo, mustabidchilik mafkuralari o‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini to‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini o‘rnatishga intiladilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin o‘tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yo‘l bilan yoppasiga qayta tuzish zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar, o‘zlarigacha bo‘lgan qadriyatlarning barchasini yoxud ko‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat o‘z tamoyillari bilan almashtirmoqchi bo‘ladilar.
Mustabidchilik mafkuralari «yangi jamiyat» va «yangi inson»ni vujudga keltirishni o‘z maqsadi deb elon qiladi, bunda shaxs manfaatlari va, ayniqsa, shaxs erkinligi tor hukmron tabaqa, mustabid tuzumning manfaatlariga buysundiriladi. Bunda ijtimoiy tuzum «demokratiyaning oliy shakli», xalq hokimiyati shakli, deb elon qilinadi. Lekin bunda demokratiya xalq irodasining amalga oshirilishi deb emas, balki hatto xalq irodasiga qarshi borishga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham zo‘ravonlik vositalari bilan xalq «farovonligi»ni amalga oshirish deb tushuniladi.
«Mustabidchilik mafkurasi» o‘zini haqiqatning gavdalanishi va farovonlikning namoyon bo‘lishi deb hisoblangani uchun ham har qanday fikr, har qanday boshqacha mulohazaga bartaraf etilishi lozim bo‘lgan yovuzlik (ataylab qilingan yoki ataylab qilinmagan) deb qaraladi. «Mustabidchilik mafkurasi» go‘yoki tanqiddan xoli, qandaydir ixotalangan ishonch obyektiga aylanadi. Boshqacha aytganda, bunday mafkura erkinlik, insoniy xaqikat ustidan o‘z zo‘rligi va hukmronligini o‘rnatadi.
Siyosiy muhitda bunga hokimiyatni monopoliyalashtirish muvofiq keladi. Hokimiyat bitta partiya (yoki siyosiy harakat)ning qo‘lida to‘planadi, partiyaning o‘zi esa yakka rahnamoning («dohiy», «fyurer» va boshqalarning) hukmi ostiga tushib qoladi. Hukmron partiyaning davlat apparatiga o‘sib chiqishi sodir bo‘ladi. Shu bilan birga, jamiyatning davlatlashuvi, yani davlatdan mustaqil bo‘lgan ijtimoiy hayotning yo‘qotilishi (yoki nihoyatda kamaytirilishi), fuqarolik jamiyatining yo‘qotilishi (xususan, hukmron partiyaga buysunmagan barcha boshqa partiya va jamoat tashkilotlarining taqiqlanishi) da o‘z ifodasini topadi. Huquqning, qonunning roli kamsitiladi: hokimiyat qonun bilan cheklanmaydigan va qonunga buysunmaydigan vakolatga ega bo‘ladi, davlat huquqiy davlat bo‘lmay qoladi, u iktisodiyot sohasini ham tanho nazorat qiladi, iqtisodiyotga markazlashgan rahbarlikni qaror toptiradi (bu guyo eng oqilona va samarali rahbarlik bo‘larmish).
Axborot monopoliyasi ham siyosiy va iqtisodiy hokimiyatni mutlaqlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir: «mustabid tuzum»da barcha axborot vositalari, jamiyatda muomalada bo‘lib turgan axborotning mazmuni ham apparatning qattiq nazoratiga olinadi. Zo‘ravonlik ishlatmasdan turib butun monopoliyalar tizimini saqlash va mustahkamlash mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham davlat terrorizmi, terrorni ichki siyosatni amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llash «mustabidchilik tuzumlari» uchun xosdir. Turkistonda ham inqilobdan keyingi dastlabki yillarda xukumatning siyosiy terror natijasida butun-butun ijtimoiy guruhlar va qatlamlar yo‘q qilindi. Shu jumladan, mustabid tuzumning g‘ayri insoniy xatti-harakatlari tufayli qariyb 2,5 million kishi yoki aholining deyarli yarmi mahv etilgan edi. O‘zbekistonda faqat 1937-1953 yillar mobaynida (bundan urush yillari mustasno) ittifoq mustabid mashinasi qariyb 100 ming kishini qatag‘on qildi, ulardan 13 ming kishi otib tashlandi.
Mustabid davlatlarning o‘ziga xos boshqa xarakterli xususiyati jamiyatning harbiylashtirilishi, «harbiy lager» yoki «qamal qilingan qala»dan iborat g‘oyaviy-psixologik vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunda mamlakat ichida harbiy fanatizm vaziyati avj oldirilibgina qolmasdan, shu bilan birga, agressiv tashqi siyosat ham amalga oshiriladi. Bu siyosat harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, o‘zining mustabidchilik tartiblarini keng miqyosda qaror toptirishga qaratiladi.
Lekin tarix xaqiqat shundan iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozlari va ularning loyihalari asosida yaratilgan demoqratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrardir. Buni sobiq Sotsialistik mamlakatlar, sovet davlati, gitlerchilar Germaniyasi va fashistlar Italiyasi, Kampuchiyadagi Pol Pot rejimi kabi mutlaq haqiqatni davo qiluvchi mafkuralarning tarixan istiqbolsiz bo‘lgani ham yaqqol namoyish etdi. Biroq, g‘oyaviy kurash tobora yangi-yangi qiyofaga kirmoqda. Islom Karimov haqqoniy ravishda takidlaganidek: «Ko‘p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar, fojealar, qatag‘onlarni boshdan kechirgan, asrimiz poyoniga yetayotgan, insoniyat yangi asr bo‘sag‘asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi har qachongidan ham ko‘ra shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, bazan bir-biriga zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazxab va sektalar o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda».
Ana shu sababdan ham mustaqil O‘zbekistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog‘i bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda. Bu mafkura mustaqillik yillarida erishilgan g‘alabalarni, eng katta yutug‘imiz bo‘lgan istiqlolimizni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizning baxtli kelajagini fidoyilik bilan himoya qilish, doimo hushyor va sergak bo‘lishga yordam beradi. Zero, O‘zbekiston bizning umumiy uyimiz – uni asrash har birimizning vazifamizdir. Shu manoda milliy istiqlol g‘oyasi har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g‘oyamiz, ongimiz, dunyoqarashimizning tarkibiy qismidir. 

Download 37.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling