13-mavzu. Tarixiy jarayon va tarix falsafasi. Reja: Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar


Jamiyat tarixiy rivojlanishining andozalari (modellari)


Download 44.98 Kb.
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi44.98 Kb.
#1047439
1   2   3   4   5   6
2. Jamiyat tarixiy rivojlanishining andozalari (modellari). Falsafa tarixining asosiy muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning umumiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Agar biz yuqorida insoniyat tarixi qaysi tomonga va nima uchun harakatlanishini bilishga uringan bo‘lsak, endi bizga jamiyat tarixiy rivojlanishi qanday amalga oshirilishini tahlil qilishimiz kerak. Qadimgi zamonlardan hozirgi kungacha har xil mutafakkirlar tomonidan ishlab chiqilgan, bu jarayonning uchta asosiy nazariy andozalari ma’lum.
Tarixiy jarayonning siklik (davr) andozasi jahon tarixini doimo bir birini almashtiruvchi, ma’lum sikllarning abadiy aylanishi sifatida ko‘rsatadi. Ular jamiyatdagi madaniy ko‘tarilish bosqichlarini, turg‘unlik va yemirilishni aks ettiradi.
Xarakterli misol – jamiyat rivojining to‘rtta janubi (sikl) to‘g‘risidagi qadimgi hind mifologik va diniy falsafiy ta’limot quyidagilardan iborat.
1. Satyayuga (1728000 yil) – insoniyat tarixidagi Oltin asr ma’naviy gullash va moddiy farovonlik davri.
2. Tretayuga (1296000 yil) – Kumush asr, illat va yomonlik o‘sishining boshlanishi.
3. Dvaparayuga (864000 yil) – Mis asr, yomonlik butun dunyoga yoyiladi. 4. Kaliyuga (432000 yil) – Qora yoki temir asr – illatlarning tantanasi, jamiyatda zo‘ravonlik va ma’naviyasizlik.
Kasalliklar, ochlik, urushlar, isyonlar, ag‘dar-to‘ntarlar inson hayotini chidab bo‘lmas darajaga olib keladilar. Bitta Maxayugi (Katta sikl – 4320000 yil) davri shunday tugaydi.
Qachon odamlarning azoblanishi o‘z chegarasiga etganda insoniyat dunyosida odamlar aqlini yangi ma’naviy haqiqat bilan yorituvchi – ma’naviy ustoz avatara (Xudoning timsoli) paydo bo‘ladi. Navbatdagi Maxayuga boshlanadi. Ob’yektiv Kosmos yashash davri – kosmik manvantara tugaguncha cho‘ziladi deb hisoblaydi induizm falsafasi. Tarixning siklligi to‘g‘risidagi o‘xshash va unga yaqin qarashlar Geraklit, Platon, Aristotel, Polibiya, Viko, Danilevskiy, Shpengler, Toyinbi, Gumilev va boshqalar ta’limotlarida ham uchraydi.

Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling