14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja


Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi. Investitsiya


Download 0.72 Mb.
bet2/22
Sana08.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1254356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi.
Investitsiya - daromad olish uchun qo`yiladigan kapital mablag`.
Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to`ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi.
Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o`sishidir.
Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investitsiya = YAlpi investitsiya - Qoplash
Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).
Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o`zini oqlash koeffitsienti dan va ssuda foizi dan foydalaniladi. Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffitsientidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali aniqlanadi:

bu erda - chekli sof qoplash;
- chekli ichki qoplash;
- ssuda stavkasi foizi.
Agar bo`lsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal bo`ladi.
Faraz qilaylik, firma mandarin sotish bilan shug`ullanadi, deylik. Firma sotish quvvati turli bo`lgan do`konlarni qurmoqchi. Do`konlarni qurish uchun sarflanadigan kapital mablag`lar, sotish uchun sarflanadigan xarajatlar quyidagi jadvalda keltirilgan (17.1-jadval). Ssuda foizi stavkasi 10 foiz bo`lsin.
Bir kunda 1000 kg mandarin sotadigan do`kon qurish uchun 100000 so`m sarflanadi, 2000 kg uchun esa 200000 so`m sarflanadi va hokazo. Sotish masshtabi 1000 kg ga oshganda umumiy sarflanadigan kapital hajmi 100000 so`mga o`zgaradi. Foiz stavkasi 10 foiz bo`lgani uchun chekli investitsiya 100000 so`mga, to`lanadigan mablag` 10000 so`mga teng. Har bir 100000 so`mlik chekli investitsiyadan olinadigan chekli daromad bir xil bo`lib, u 120000 so`mga teng. Sotish quvvati 1000 kg bo`lganda, chekli umumiy xarajat (chekli investitsiya plyus kapitalga to`lanadigan chekli foiz plyus chekli sotish xarajati) 115000 so`m bo`ladi va chekli foyda 120000-115000=5000 so`mni tashkil etadi. Sotish quvvati 2000 kg bo`lgan do`kon uchun ushbu ko`rsatkichlar mos ravishda 117500 va 2500 so`mga teng bo`ladi. Agar chekli xarajat chekli daromad ga teng bo`lsa , kapitaldan olinadigan foyda maksimal bo`ladi. Do`konlarning bir kunlik sotish quvvati 3000 kg bo`lganda foyda maksimal bo`ladi, ya`ni 5000+2500=7500 so`m. Ushbu holat quyidagi 17.1-rasmda ifodalangan.
14.1 - jadval

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling