150 farg‘ona vodiysi o‘tloqi saz tuproqlari va sho‘rxoklarining geokimyoviy xususiyatlari


Educational Research in Universal Sciences


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1384988
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
150-166 (1)

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September
2022 
163
 
mintaqaning sizot suvlarida singdirilgan Mg ko‘p. Shu bois tuproqning singdirilgan 
kationlari tarkibida Mg ulushi ko‘plikni tashkil qiladi. Sizot suvining sho‘rlik darajasi 
ortishi bilan unda K, Na va Mg ulushi oshadi, demak, bularning tuproq tomonidan 
singdirilgan ulushlari ham oshadi. Singdirilgan kationlarning ion radiusi bilan ularning 
tuproq tomondan singdirilishi to‘g‘risida ham ayrim qonuniyatlar borligi aniqlandi. 
Jumladan, bir valentli kationlarni Na, K ion radiuslari 0.075, 0.133 nm. o‘zaro keskin
farq qiladi, ammo haydov va haydov osti qatlamlaridagi singdirilgan miqdorlarida 
keskin farq yo‘q. Demak, sug‘oriladigan, sho‘rlangan o‘tloqi saz tuproqlar tomonidan 
K
+
va Mg
+2
larning singdirilishi ularning ion radiuslariga deyarli bog‘liq emas 
ko‘rinadi, chunki K
+
ion radiusi Na nikiga nisbatan deyarli ikki barobar katta bo‘lishiga 
qaramasdan singdirilgan miqdorlar o‘zaro yaqin. 
Xuddi shu holatni Ca
+2
va Mg
+2
kationlar uchun ham qayd etish mumkin, ya’ni 
Ca
+2
ioni radiusi 0.100 nm. bo‘lsa Mg
+2
niki esa 0.075 nm. Lekin bunda singdirilgan 
Mg
+2
miqdori singdirilgan Ca
+2
ga nisbatan sezilarli darajada kam. Demak, 
singdirishda ion radiusi hamda klark miqdorlar ta’siri kam seziladi. Bunday deyilishiga 
sabab Ca, Na, K klarklari yaqin, lekin har xil singdiriladi. Lekin bu borada izlanishlarni 
davom ettirish maqsadga muvofiq, chunki almashinish, ayniqsa, mineral va 
tog‘ jinslarida elementlarning atom va ion radiuslariga bog‘liq. Demak, TSK da, ya’ni 
kolloid zarrachani ham qattiq zarra ekanligini e’tirof etsak bu jarayonni (singdirishni 
ion radiusiga bog‘liqligi) o‘rganish foydadan xoli emas. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling