1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
Tartib sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar asosan sanoq sonlarga affikslar qoʻshilishi orqali hosil qilingan. Arab, fors-tojik tillaridan oʻzlashgan sonlar leksik-semantik usul bilan ham tartib son ma’nosini anglatgan, ba’zan oʻzlashgan tartib sonlar formasi ham qoʻllangan.
-ьnchы,-inchi,-unchы,-unchi,-nchы,-nchi affiksi variantlari asosida tartib sonlar hosil qilish keng qoʻllangan. -ьnchы, -inchi,-unchы, -үnchi affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq sonlarga, unli tovush bilan tugagan sanoq sonlarga -nchi, -nchы affiksi varianti qoʻshilgan: ikkinchi, yetinchi,үchүnchi, tөrtүnchi, altыnchы, onunchы. Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: yigirmi birinchi fasl (Navoiy MQ); birinchi maqalat (Navoiy HA). -lanchы (la-\-nchы),-lәnchi(lә-\-nchi) affiksi sanoq sonlarning qattiq, yumshoqligiga koʻra qoʻshilib, tartib sonlar hosil qilingan, bu affiks bilan tartib son hosil qilish Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida uchraydi, XVII asrdan boshlab -lanchы, -lәnchi affiksi orqali tartib son hosil qilish kengaygan: altыlanchы fasl (MQ), sekizlәnchi fasl (MQ), yetilәnchi arqada (SH tar.), beshlәnchi oqlы (SH. tar). Avval soʻzi birinchi tartib soni ma’nosida qoʻllangan: Ul avval qыldы Gul vasfыnы āgʻāz (Lutfiy ), Avval ayagʻыgʻa tүshүb poʻst bol (Navoiy HA). Qadimgi turkiy yozma manbalarida ham tartib sonlar -nch, -ыnch, -inch, -unch, -үnch hamda -ntы, -nti, -ndы, -ndi affiksi variantlari orqali ifodalangan; -nti, -ndi formasi ikki soniga qoʻshilgan. Birinchi tartib soni oʻrnida ilk, ilki/ iliki soʻzi ham qoʻllangan: Ilki sү: birinchi askar. «Devonu lugʻotit turk» yozma obidasida tartib sonlar, asosan, -nch, -ыnch, -inch, -unch, -үnch hamda -ndi affikslari bilan ifodalangan. Jamlovchi sonlar. Jamlovchi sonlar oʻziga xos xususiyatlarga ega, Shuningdek, jamlovchi sonlarda umumturkiy tillarga xos belgilar ham mavjud. Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga -av,-әv,-la,-lә,-ala,-әlә,-avla,-әvlә,-avlan,-әvlәn, ba’zan -lay, -lәy; -agʻu, -әgү affikslari qoʻshilishi orqali ifodalangan. -agʻu,-әgү/ oʻgүn affiksi orqali jamlovchi sonlar hosil qilish XIV asr yodgorliklarida faolroqdir: Bir anchalarы aydыlarkim, beshoʻgү tarur, altыnchы it birlә (Taf.). Ular yetәgү, men yalgʻuz (Rabgʻ.), ...үchә gүsi tүn sarыgʻa bardыlar (OʻN). Ikoʻgүn namāz qыlalыm (Taf.). -av/-әv(-әvlәn) affiksi orqali jamlovchi sonlar yasalishi XV—XIX asrlar yozma obidalarida xarakterli boʻlgan: ikәv (Navoiy SS); uchәv (Navoiy FSH); cherikdә bir ikәv (SHN); Shul ārzu: ikәvlәn qыlsun ekoʻn tamāshā (Furqat). -lәy(-lәgү/-layu/-lәy) affiksi «Sab’ai Sayyor», «Boburnoma» asarlarida ayrim oʻrinlarda iki soniga qoʻshilib, jamlovchi sonlar yasagan: bәribәn ul nuqudnы ikәlәy (Navoiy SS); ikәlәy qorgʻan yavыgʻыgʻә (BN). -ala,-әlә affiksi Navoiy, Bobur asarlarida sanoq sonlarga qoʻshilib jamlovchi sonlar yasagan: tөrtәlәsi( Navoiy MN), bu uchәlәsi (BN). -(ә)vlәn (әgүlәn}әvlәn) affiksi ba’zi sanoq sonlarga qoʻshilib jamlovchi sonlar yasagan: ikәvlәn qachtыlar (Lutfiy). Chama sonlar. XV— XIX asrlarda bitilgan yozma manbalarda chama sonlar analitik, sintaktik usullar bilan hosil qilingan. -cha, -chә affiksi sanoq sonlarga qoʻshilib, chama sonlar hosil qilingan: yuz iki yuzchoʻ kishi (Navoiy HA); yana besh mыңcha kishi (ShN). Sanoq sonlarning juft holda qoʻllanishi orqali ham chama sonlar hosil boʻlgan; kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin qoʻllangan: yuz-yuz elik өzbәkni kishisi bilәn (BN); tөrt-besh mың kishi birlә (SHN). Sanoq sonlardan keyin chagʻlыq, chagʻlы, chaqlыq soʻzlari qoʻllanib, chama son ma’nosini anglatgan: on yыgʻach chagʻlыq masāfat (Navoiy FSh); yigirmә chagʻlыq kishilәri өldi (Sh tar.). Sanoq sonlar aycha, yыlcha, yavuq, yaqыn,artuq, artuqraq, ziyāda, kөprәk,azraq kabi soʻzlar bilan kelib, chama son ma’nosini ifodalagan: otuz yыlcha yaqыn bar (Navoiy MN), iki yүzdin kөprәk uch yүzdin azraq bolgʻay edi (BN). Taqsim sonlar. Eski oʻzbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar,-rәr,-ar,- әr affiklari bilan hosil qilingan: Aylarda birәr-birәr kөrүnүr (Atoiy), Fusulnы tөrtәr ay ta’yыn qыlыbturlar(BN), Yүzәr misqal kumush (BN). Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qoʻllanib, keyingi bir soniga -dәn,-din affiksi qoʻshilib, taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdәn gahi guftāra ach (Nodira). Bir chārdevar koʻm bolsa, өtүz tishni bir birdin sыndыrur (Gulxaniy). Bir va ikki sanoq sonlari grammatik koʻrsatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan holda taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Neki kөrgүzdilәr saңa bir-bir (Navoiy SS), әgәr chun ikki-ikki qol tutub (Muqimiy). Kasr sonlar. Eski oʻzbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda surat sonlar asosida hosil boʻlgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda oʻrin-payt kelishiklari affikslari qoʻshilishi orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat boʻlgan, Shuningdek, surat sonlar grammatik koʻrsatkichlarni ham qabul qilgan: Nechә өgsәm aytman mыңda birin (Lutfiy GN). Yүzdin biriki ma’rakaga yetib (Navoiy MQ). Yurt malыnың ondыn birini alur (SH turk.). Berүrmәn bolsa yүz jānыmu mыңdыn bir hisāb әylәb (Munis). Kasr son yasalishida ba’zan maxraj va surat son orasida ayrim bogʻlovchilar qoʻllangan, grammatik koʻrsatkichlar maxraj son yoki surat songa qoʻshilgan, ba’zan maxraj va surat sonlar distant holatlarda uchraydi: yuzdin g ә r birisigә yetsә (Navoiy SS). Yarыm soʻzi ham kasr son ma’nosini anglatgan. Shuningdek, kelishik hamda egalik qoʻshimchalarini ham qabul qilgan: Yarыm kechә yetib tүshtilәr (Navoiy MN). Bir y a r ы m qarы qazsa, suv chыqar (BN). XVI — XIX asrlarga oid ba’zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan oʻzlashgan nim, du nim, chahāryәk, chāryәk soʻzlari kasr sonlar ma’nosida qoʻllangan: ta’rif qыlgʻannың yarыmы balke charyekichә ashlыq (BN); ogʻlanlarnы nim qыyat tedilәr (Sh turk). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling