1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Joʻnalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos boʻlgan qanday qoʻshimchalari mavjud?


Download 224.54 Kb.
bet27/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

20.Joʻnalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos boʻlgan qanday qoʻshimchalari mavjud?
Bu kelishik qoʻshimchasi eski oʻzbek tilida –qa\\-gʻa \\- kә \\ -gә, –a\\-ә va –na \\-nә kabi variantlarga ega. Shu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos boʻlgan –gʻaru\\ -gәrү \\ -qaru \\ -kәrү, -ra \\ -rә, -ru \\-rү qoʻshimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi.
-gʻa\\–gʻgoʻ varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi, –qa qoʻshimchasi jarangsiz undoshlar va gʻ,h undoshlari bilan tugagan negizlarga qoʻshiladi: Eykim barы she’r ahlыgʻa sen xān yaңlыgʻ \\ She’riң bharы she’rlәrgә sultān yaңlыgʻ (Bobir). Lāla qadahыna tashqa urduң \\ Jāla gүhhәrini bashqa urduң (Xamsa).
XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya’ni, -gʻa oʻrnida –qa qoʻshimchasi yoki aksincha qoʻllanavergan: Ibrahimgʻa \\ Ibrahimqa, avgʻa \\ avqa, otgʻa \\ otqa (QR).
-kә\\ -gә. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qoʻshiladi. Eski oʻzbek tilida qay hollarda –kә, qaysi hollarda –gә qoʻshimchasining qoʻshilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. Shunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan soʻng –goʻ, jarangsiz undoshlardan soʻng –kә qoʻshimchasining qoʻllanganini mushohada qilish mumkin: Kөңlүmgoʻ doʻrd kelgoʻli...(Boburnoma). Elikkә meniң yashыm yeti (Sh. turk).
-a /-ә. Bu affikslar undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi. Lekin uning qoʻllanishi janrlar boʻyicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qoʻllangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she’riy asarlarda uchraydi: Bashlarыnы qashыma yetkүrүңүz (Shayboniynoma). Kel, taqы yurtuңa egә bol (Sh.tar.). Ne uchun avval өzүңoʻ āshnā qqыldың meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ Kөzi-yu qashы jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy).
Qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan –gʻaru/-gәrү//-qaru/-kәrү//-ru/-rү affikslari eski oʻzbek tilida oʻzining kelishik funksiyasini yoʻqotgan. Ular keyinchalik eski oʻzbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan.
Qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan –ra/-rә affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chыq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga oʻtib ketgan: ichrә (ichkari), asra (pastki, quyi).
Joʻnalish kelishigining belgisiz qoʻllanishi ham eski oʻzbek tili uchun xarakterli boʻlgan. Misollar: Senki ul yan әzimәt etkүңdүr (Navoiy). Bir inisin yibәrүr boldы Hisār (Shayboniynoma).



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling