1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet26/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Vosita kelishigi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi: Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Anы kishilәr kөzin kөrgәn bar-mu?
Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan boʻlib, ma’nosi ham toraygan. Misollar: Faryad etoʻroʻm tүshkoʻli men yalgʻuzun andыn// hech oldы tanыm, qaldы hamin yalgʻuz үn andыn (Lutfiy). Kerәkmәs sensizin, vaallah, maңa jān minnatы (Atoiy).
Vosita kelishigi formasidagi soʻzlarning bir qismi ravish kategoriyasiga oʻtgan. Ravish kategoriyasiga oʻtish, asosan, payt bildiruvchi soʻzlar doirasida boʻlgan: qыshыn, yazыn, erten, kechin, tunun kabi. Bu soʻzlar tarkibidagi –ыn,-in,-un,-үn,-n vosita kelishigi affiksi boʻlib, keyinchalik soʻzning tarkibiy qismiga aylangan va bunday soʻzlar ravish sifatida shakllangan.


19.Koʻplik ma’nosini ifodalovchi morfologik shakllarni sanang.
Arabcha koʻplik shaklidagi soʻzlar lug`atini tuzing. Bu davrda ko'plikning asosiy va ko'p qo'llaniladigab ko'rsatkichi -lar qo'shimchasi bo'lib, u qalin va ingichka variantlarga ega. Qalin negizga -lar, ingichka negizga -lēr varianti qo'shiladi:
qunchuy (xonim)- qunchuylar (xonimlar)
beg (bek)- beglēr (beklar)
Bu akkifsning hozirgi turkiy til va lahjalaridagi -nar, -tar, singari birinchi undoshi farqli bo'lgan variantlari qadimgi turkiy tilda yo'q.
Bu davrda n bilan tugagan ba'zi so'zlarning ko'pligi shu n ni t ga aylantirib yasalganini ko'rish mumkin:

tarqan (tarxon)- tarqat (tarxonlar)


tegin (shahzoda)- tegit (shahzodalar)
ĕren (jangchi)- eret(jangchilar)

Ko'plikning t li formasi hozirgi mo'g'ul tillarida bor va yoqut tilida ayrim o'rinlarda saqlangan.


Turkiy tillar tarixida -g'un, -gun, -qun, -gïn, -qïn, -kin, -gin, -gan, -qan, -gĕn, -kĕn, -ĝ, -q, -g, -k, -z, -s kabi qo'shimchalar jamlik va ko'plik yasagan, degan fikrlar bor.


Ammo qadimgi turkiy tilda bunday qo'shimchalarning otlarda ko'plik ifodalashiga dalil yo'q. Lekin -z qo'shimchasi olmosh, olmoshdan paydo bo'lgan qo'shimcha va ko'makchilarda ko'plik anglatadi.

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling