1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
30.Eski oʻzbek tilida sanoq sonlar.
Sanoq sonlar. Eski oʻzbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanogʻini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, oʻnlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qoʻllangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-tojik, hind tillaridan oʻzlashgan sanoq sonlar ham uchraydi. Eski oʻzbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy oʻzgarishga uchragan emas, lekin oʻziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida tөrt yigirmi (14), altы elig (46), otuz artuqы uch (33) kabi murakkab sonlar qoʻllanishdan chiqqan. Sodda sanoq sonlar eski oʻzbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga koʻra qattiq va yumshoq variantlarda qoʻllangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha koʻrinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatыla berdilәr (Amiriy). Biri birigә baqmay (BN). XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bыr-bыrыgʻa namahram et (Uvaysiy). Ikki soni oldidagi unli -e yoki -i tovushlari orqali: eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. Shu bilan birga, iki soni tarkibidagi -k undoshi ba’zan tashdid orqali ifodalangan: eki, ekki, iki, ikki kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan. XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda altы soni alta, yetti soni yette formasida uchraydi. «Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida bir toqquz,toqquz- toqquz iborasi qoʻllangan, har narsaning toʻqqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: Bir toquz et va bir toquz parcha kelturәdi (BN). Meңoʻ gʻamdыn toquz-toquz tuhfa (Munis). Yigirmә soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan: yigirmә (BN); yigirmi (Navoiy, MN); igirmi (SH. tar.). Elik soni tarkibidagi -l undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik geminatsiyaga uchrab tashdid orqali ifodalangan: Elik (Navoiy, MN), ellik (BN). XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda hind tillaridan ba’zi sanoq sonlar oʻzlashgan, oʻzlashgan sanoq sonlar oʻz formalarida qoʻllangan. Fors-tojikcha: s a d h a z a r (Lutfiy); y a k –yak(Ogahiy); du bara (Muqimiy). Hindcha lәk soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda qoʻllangan: Yuz mыңnы l oʻ k derlәr (BN); mың lәk somnы (Muqimiy). «Boburnoma»da hindcha k ө r u r — (oʻn million), arb (bir milliard), kөrb (yuz milliard), nayl (oʻn trillion), padam (milli-trillion), saң (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari qoʻllangan. Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar funksiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga – tә affiksi qoʻshilib dona son hosil boʻlgan: birt yarmagә ikki bөlүb (Navoiy MQ); birtә өtmәkni iki bөlүb (Navoiy MQ).XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma’nosida qoʻllangan: Y e t i agʻzы anың otlar sachыb (Navoiy HA). Yүz mың baytы bar va bir qasida aytыbdur (Navoiy MN). Numerativ soʻzlar. Numerativ soʻzlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qoʻllangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ soʻzlarni qoʻllash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski oʻzbek tilida ham numerativ soʻzlar xarakteriga koʻra turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ soʻzlar sanoq son bilan aniqlanayotgan soʻzlar orasida qoʻllanib, aniqlanmish soʻzga nisbatan qoʻshimcha aniqlik darajasini oshirgan. Shuningdek, numerativ soʻzlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, toʻda, oʻlchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling