1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


-modda. Vakilning huquqlari


Download 179.52 Kb.
bet23/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

13-modda. Vakilning huquqlari
Vakil quyidagi huquqlarga ega:

  • shikoyatni ko‘rib chiqish;

  • arz qiluvchi o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar va shakllarni ko‘rsatish;

  • shikoyatni uning mohiyatiga ko‘ra hal qilishga vakolatli bo‘lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;

  • arz qiluvchini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;

  • sababini albatta ko‘rsatgan holda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etish;

  • qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish

36.Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фанининг тушинчаси, предмети ва тизими.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar – sud, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, adliya organlari, advokatura, notariat, bojxona va soliq organlari shuningdek, ichki ishlar, milliy gvardiya va davlat xavfsizlik xizmati organlarining zamonaviy tuzilishi ushbu modulining oʻrganish predmetini tashkil etadi. Ushbu modulda davlatning huquqni muhofaza kilish faoliyati, sud va huquqni muhofaza kiluvchi organlar va muassasalarining paydo boʻlishi, rivojlanishi, ularni tashkil etish printsiplari koʻrib chiqiladi. Ularning vazifalari, tashkil topishi, faoliyatini amalga oshirish tartibi, tarkibi, tizimi hamda tuzilishi batafsil oʻrganiladi. Oʻrganish predmetiga Sud va huquqni muhofaza kiluvchi organlarning tuzilishini belgilab beruvchi konstitutsiyaviy, maʻmuriy, moliya, jinoyatprotsessual va boshqa bir qatar qonunchilik sohalarining normalari kiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va davlat tuzilishi, butun davlatning huquqni muhofaza qilish mexanizmini, jumladan, uning muhim organlari boʻlgan sud va prokuratura organlarini tashkil etish belgilab berilgan.
“Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” - huquqiy moduldir. Chunki unda respublikamiz yuridik muassasalari huquq normalari asosida oʻrganiladi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilishini belgilab beruvchi huquq sohalari va normalari huquqning boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqada. Ular shu bilan yuridik taʻlimdagi huquqiy modullarning, demakki, yuridik modullarning ham oʻzaro aloqada boʻlishlariga asos yaratadi
Surishtiruv organlari:
1) Ichki ishlar organlarining surishtiruvchilari;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi
boʻlinmalarining surishtiruvchilari;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro
byurosining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va uning
joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi
boʻlinmalarining surishtiruvchilari.
Tergovga qadar tekshiruv organlari:
1) Ichki ishlar organlari;
2) Harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va
harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar,
shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar
tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan
bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yoxud oʻquv yurti joylashgan
yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha;
3) Davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga
berilgan ishlar boʻyicha;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini
boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya
koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu
muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir
etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
5) Davlat yongʻindan nazorat qilish organlari — yongʻinlarga doir va
yongʻinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʻyicha;
6) Chegarani qoʻriqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir
ishlar boʻyicha;
7) Olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari;
8) Davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari —
soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro
byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga
layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʻminlashdan boʻyin tovlashga, sud
qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf
etishga doir ishlar boʻyicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan
foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Chakana savdo va
xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi
va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga
tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan
moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi
boʻlinmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha.
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning
yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha
Prokuratura organlarining tergovchilari
Harbiy prokuratura tergovchilari
Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilar
Ichki ishlar organlarining tergovchilar
Dastlabki tergov organlari

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling