1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Hech qaysi boshqa organlar va shaxslar sud hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirib olishga haqli emas.
2. Ўзбекистон Республикасининг суд тизими.
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.
3. Судялар мустақиллигининг асосий кафолатлари.
Javob: “Sudlar to’g’risida”gi qonunning 9-bobi, 63-66-moddalari aynan Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari haqida.
ularni qonunda belgilangan tartibda lavozimga saylash, tayinlash, sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish;
sudyaning daxlsizligi;
odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy tartib-taomil;
64-modda. Sudyaning daxlsizligi
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, u foydalanadigan transport vositasi va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha saqlash, olib yurish va undan foydalanish huquqi bilan xizmat quroli hamda shaxsiy himoya vositalari beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |