2-ma‘ruza. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jaroyinini tashkil etish shakllari


Download 118.1 Kb.
bet11/13
Sana05.05.2023
Hajmi118.1 Kb.
#1430330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-ma\'ruza

Muomala mahorati. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi — til. Xalqimizda shunday naql bor: „Bola —shirin so‘zning gadosi“, bas, shunday ekan, tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o'qituvchi eng obrolidir. Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: „Yaxshi so‘zdin bolakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamoq ko‘ngilni qaro qilur“ yoki „Mumkin ersa yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin xob yo‘qdur yodgor“ ; „Nasihatin shirin so‘z-u muloyimlik birla ibtido qilg‘il“ . Alisher Navoiv muomala qiluvchi shaxsning mahoratida, eng avvalo til shirinligi: „Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisli asaldir”, degan edi. Kaykovus o‘zining ,,Qobusnoma“ asarida „Suxandonlik bila baland martabali bo‘lmoq“ zikrida shunday hikoyatni keltiradi:
„Xorun-ar Rashid bir tush ko‘rdiki, og'zidan barcha tishlari to‘kilmish. Erta tong turib, bul tushning ta’birini aytuvchini chaqirib so‘radikim, „Bu tushning ta’biri nedur?“ Ta’birchi javob berdi: ,,Andog‘kim, sendan o‘zga hech kim qolmaguvsidir“. Bu so‘zni eshitibon Xorun ar-Rashid „Mening yuzimga bundoin dardlig` va andug‘lig‘ so‘zni aytding, Mening barcha qarindoshlarim o`lsalar, so‘ngra men qandog' ishga yararman va na yanglig` ro‘zg‘or so‘rarman?“ dedi va ta’birchiga yuz tayoq urmoqni buyurdi. So'ngra yana bir ta’birchini chaqirib so‘radi. Ta’birchi dedi: ,,Ey amir al-mo‘minin, sening umring barcha aqrabotlaring umridan uzoq bo‘lur“. Xorun ar-Rashid dedi: „Barcha aqlning yo‘li birdur va ikkovingning ta’biringning negizi bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul iboratning orasida farq bag‘oyat ko‘pdur“. Buyurdi: so‘nggi ta’birchiga yuz tillo berdilar“.
Bir donishmand jamoaga qarab: „Bir gapim bor, uni ming so‘mga sotaman, istovchilar bo‘lsa marhamat;!, dedi. Suhbat ishtirokchilari hayron qolishib: „Qanday gap ekan“, deb so‘rabdiki. Shunda donishmand:„Bu ,,O‘ylab ish qil!“ degani“ , debdi, donishmandning bu g‘oyasidan shuni anglamoq lozimki, o‘ylab ish qilgan. odamning muomalasida qiyofasi bo‘lishi (bosh, yuz va xatti-harakatlarini odob yuzasidan boshqarishi) kerak ekan. Qo‘pol, odobsiz gaplar, bola shaxsiyatiga tegadigan qo'pol muomala qilish o‘qituvchinirig izzati va obgo`yiga putur yetkazadi.
Guruh rahbari o’z guruhidagi talabalarning bevosita ta’lim tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’uldirlar. Guruhdagi barcha talabalarni qobiliyatiga qarab tugaraklarga jalb etish kerak. Guruhdagi talabalarning soni nechta bo’lishidan qat’iy nazar ularga ma’naviyat daftarini tuttirish kerak. Haftada bir marta o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarini to’g’ri tashkil etib, unga haqqoniy yondoshish shartdir. Tarbiyachi qanday sharoitda ishlamasin, u qanday guruhda ishlashidan qat’iy nazar, talaba shaxsini kamol toptirishi kerak. Guruh rahbarligi odatda guruhni va alohida har qaysi talabani o’rganishda boshlanadi. Ma’naviyati boy bo’lgan guruh rahbari talabalar bilan alohida – alohida ishlashni amalga oshirishi, talabalarga o’z ta’siri, metodlarini mohirlik bilan qo’llash kerak.
Agar guruh rahbari talabalar faolligini yanada oshirishga harakat qilsa ota – onalar bilan aloqani mustahkamlashi lozim bo’ladi. Qaysiki guruh rahbari ota – ona bilan yaqindan aloqada bo’lsa, uning guruhidagi talabalarining faolligi oshadi.
O’zbekistonimizning «Ta’lim to’g’risida”gi Qonunini talabalar, ota – onalar o’rtasida o’ranib ishlab chiqishi kerak. O’quv maskanida ta’lim mazmunini takomillashtirish, ta’lim metodlarini yagilash borasida ko’p ishlar qilindi va qilinmoqda. Trabiyachi talabalarda bilim olishga bo’lgan ishtiyoq va ehtiyojini uyg’otishga harakat qiladi. Agar guruh rahbari o’z guruhidagi talabalar o’rtasida hurmat qozona olsa, talabani fikrlashga o’rgatsin.
O’quv maskanida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sistemasini to’g’ri va bevosita guruhda o’zlashtirshni ko’tarishga ta’sir etadi. Guruh rahbari talabalar bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni o’qishga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi., talabalarning o’qishga nazorat qiladi.
Darslarga kiradi, kuzatadi va o’z guruhidagi talabalar bilan birgalikda guruhda o’quv ishlari sifatini oshirish chora – tadbirlarini belgilaydi. Guruh xonasining jixozi va ko’rinishi talabalarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun talabalarga guruh burchagini qanday jixozlash kerakligini aytib berish kerak. Guruh rahbari ko’rgazmali qurollardan samarali foydalanish, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlaridan foydalanish tarbiyalanuvchilar ijodiy qobiliyatlarini o’strishda, ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Darsdan bo’sh vaqtlarida talabalarning jamoat topshiriqlarni, tugaraklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak.
Tarbiyalanuvchilarni sevish va hurmat qilish tarbiyaviy ish samaradorligini oshirishning zarur shartidir. Agar pedagog tarbiyalanuvchilarni sevmasa u tarbiyalanuvchilarning haqiqiy tarbiyachisi, murabbiyi bo’la olmaydi.
Hozirgi kunda tarbiyaviy ishlar usulubiyoti fanining eng mu him vazifasi bu – kelajagimiz poydevorini kuruvchi va yuksaltiruvchi, bozor iktisodiyoti sharoitida mustakil ishlash – ma’naviy kadriyatlarimizni va umumbashariy kadriyatlarni uzida mujassamlashtirgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir. Buning uchun esa zamonaviy va jaxonning ilgor ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlangan ukuv – uslubiy adabiyotlar majmualarini yaratish, ta’lim tizimini tubdan uzgartirish uning mazmuniga milliy ru h singdirish, samarali an’anaviy uslublarni saklab kolgan holda ilgor uslublarni yaratish va ularni amaliyotda kullash lozim.
Shu maqsadda so’ngi yillarda pedogogik olim va amaliyotchilar tomonidan ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedogogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim – tarbiya amaliyotida qo’llash yo’lga qo’yilmoqda.O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Dars jarayonida yuqori samardorlikka erishish uchun quydagi metod va uslullardan foydalanish mumkin: ba hslar, tadqiqot, muzyorar, ishbilarmonlik o’yinlari, loyhalash, kitob bilan ishlash, suhbatlar, pinbord, boshqalarni o’qitish, davra suhbatlaridir. Ushbu metodlarni dars jarayoniga qo’llash uchun esa ta’limning kichik guruhlar bilash ishlash shaklidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida «Ta’lim beruvchi – t’lim oluvchi” diiologidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi – guruh – ta’lim oluvchi” ko’rinishidagi uch tomonlama o’zaro munosabatga o’tishni taqozo etadi. SHu tufayli pedagog bilan talaba o’rtasida mustahkam kontakt o’rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o’zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.1
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o’qish, o’yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o’z ichiga oladi. CHunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro’si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga ta’siri masalalarini psixolog olimlardan L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, A.V.Zaporojets, A.A.Bodalev, B.F.Lomov, A.A.Leontev, M.I.Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar.
L.S.Vыgotskiy bola shaxsi psixik dunyosi rivoji va taraqqiyotida
muomalani tushuntirib deydi: “Bola shaxsiy faolligini namoyon bo’lishining asosiy yo’li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi...Uning tashqi olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishdir”. L.S.Vыgotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi o’zaro ta’sir bahs, dialogdir; ikkilamchi esa individning ongi, psixik jarayonlarining individualligidir: “Biz madaniy rivojlanishning umumiy genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning madaniy o’sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo’ladi, avval ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek, shaxslararao interpsixologik kategoriya sifatida so’ng bola ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida”.L.S.Vыgotskiy shuningdek shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy vosita, so’ngra esa xulq atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham muomala funksiyasini o’zida saqlaydi.
L.S.Vыgotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko’rinadiki, muomala
intereorizatsiya, ya’ni ichki nutq va ektereorizatsiya, ya’ni tashqi nutq, muomala shakllarida namoyon bo’ladi. Bundan ko’rinadiki, muomala tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.
Demak, L.S.Vыgotskiyning muomala, shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid fikrlari g’oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs
ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida muomalani ko’ramiz va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada anglaymiz.
V.M.Bexterevning boy merosida shaxslararo munosabatlar muammosi, xususan, muomala mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya jihatidan o’rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning o’zaro ta’sir etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi. V.M.Bexterev ijtimoiy xayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini hamkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi. Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik xilma xil va boy bo’lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga oshadi.
V.M.Bexterev muomalaning ijtimoiy roli va funksiyasini tahlil etishda uning ko’rinishlari bo’lmish taqlid va ta’sirlanish ahamiyatiga to’xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo’lmasa, shaxs ham yuzaga kelmas edi. Chunki taqlid o’z materialini muomaladan olishini uqtiradi. Ta’sirlanish esa ijtimoiy jarayonlar namoyon bo’lishining omili tariqasida qaraladi.
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga ham ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, telefon, telegramma, erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita muomala turiga nutqni kiritadi. Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o’rganish ishini V.M.Bexterev tomonidan amalga oshirilgandir.

Download 118.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling