2-ma‘ruza. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jaroyinini tashkil etish shakllari


Ma’naviy qadriyatlar — ta’lim-tarbiyaning omili


Download 118.1 Kb.
bet6/13
Sana05.05.2023
Hajmi118.1 Kb.
#1430330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza

Ma’naviy qadriyatlar — ta’lim-tarbiyaning omili
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar o‘zining ko‘lami va ahamiyati jihatidan tarixiy voqeadir. Bu jarayonlar jamiatimiz ma’naviy va ijtimoiy hayotida tub burilishlarni boshlab berdi va ular o‘zbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatimiz istiqloliriing eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimizning yaratgan boy madaniy merosini avaylab-asrash va keyingi avlodga yetkazish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Ma’iumki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodni qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog‘liq.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov „Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch;‘ asarida ma'naviyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlaydilar. Inson hayotida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, ma’naviy ehtiyojlarga talab undan ham kuchliroq ekanligini ta’kidlamoq zarur.
,,Ma’naviyat“ tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarini keltirish mumkin. Yurtboshimiz Islom Karimov o‘z ma’ruzalarida „Men bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda, ,,Ma’naviyat“ tushunchasining mazmuni faqat ,,ma’ni“, ,,ma’no“ degan so‘zlar doirasida chegaralanib qolmaydi, deb o‘ylayman. Ma’naviyat odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qilishida yorqin namoyon bo‘ladi. Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo‘lib singib boradi. Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi“.

Download 118.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling