2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja


Download 118.3 Kb.
bet21/25
Sana29.03.2023
Hajmi118.3 Kb.
#1305813
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2-mavzu

Xulosalar. Hozirgi zamon olimlari materiya harakatining texnik, kibernetik va informatsion shakllari to‘g‘risida so‘z yuritmoqdalar. Bu masalalar ko‘p jihatdan bahslidir. Ammo shu narsa shubhasizki, ob’ektiv borliqni yanada chuqurroq o‘rganish nafaqat mavjud tasniflarning mufassallashuvi va takomillashuviga, balki materiya harakatining yangi shakllari to‘g‘risidagi g‘oyalar va nazariyalar paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Zero, har bir shakl butun olam universal rivojlanish jarayonining imkoniyatlaridan birini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.


5. XX asrda ekologik tanglik. Ekologiyaning kelib chiqishi


Ijtimoiy ekologiya. Ekologik falokatlar tarixi. Ijtimoiy ekologiya ilmiy va falsafiy bilimlar sohasi sifatida yaqindagina – XX asr 60-yillarining oxiridan 80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda vujudga kelgan. Ammo bu hol ekologik muammolar faqat eng yangi davr hodisasi degan ma’noni anglatmaydi. Hech shubhasiz, ular o‘tmishda ham mavjud bo‘lgan, lekin biosfera rivojlanishining ilk bosqichlari haqida etarli darajada to‘la axborot yo‘qligi ular xususida asosan gipoteza tarzida so‘z yuritish imkonini beradi.
Bunday farazlar qatoriga, masalan, ekologik falokat natijasida dinozavrlarning qirilib ketishi haqidagi gipoteza kiradi. Er kurrasining ayrim mintaqalarida topilayotgan va tabiati jumboq bo‘lib qolayotgan mayda shisha sharchalarni o‘rgangan olimlar ularni meteoritning qotib qolgan moddasi bo‘lsa kerak, deb taxmin qilmoqdalar. Bundan taxminan 65 million yil muqaddam Er kattaligi diametrda bir necha kilometrga etadigan ulkan meteorit bilan to‘qnashgan degan xulosaga kelinmoqda. Mazkur to‘qnashuv natijasida kuchli yong‘inlar boshlanib, ulardan chiqqan tutun Erni qalin parda bilan o‘rab olgan va bu qattiq sovuq tushishi va o‘sha davrda yashagan dinozavrlar qirilib ketishiga olib kelgan.
Qadimgi manbalar amalda mavjud bo‘lgan sivilizatsiyalar halokati zamirida ham sof ekologik omillar yotishini ko‘rsatadi. Xususan, shumer sivilizatsiyasi mil. av. III ming yillik oxirida Quyosh faolligi o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan qattiq qurg‘oqchilikdan halok bo‘lgan. Bir paytlar gullab yashnagan Dajla va Furot vohalarining sahroga aylanishi sug‘oriladigan erlarda dehqonchilik noto‘g‘ri olib borilishi oqibatida tuproqning nurashi va sho‘rlanishi natijasi deb hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston hududida Orol dengizining qurishi ham Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan paxta maydonlarini sug‘orish maqsadida tejamsiz foydalanish oqibatidir.
XIX asrda 1812 yilda fransuz olimi J.Kyuve (1769-1832) geologik qatlamlarda kuzatiladigan hayvonlar va o‘simliklar qoldiqlarining tabiatini tushuntirishga harakat qilib, falokatlar nazariyasini ilgari surdi. Falokatlar nazariyasi dunyoda vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadigan tog‘ jinslarining qo‘qqisdan siljishlari er yuzasining relefini o‘zgartiradi va barcha tirik narsalarni halokatga duchor etadi, degan farazga asoslanadi. Ammo bu g‘oya keyinchalik keng miqyosda o‘z izdoshlarini topmadi, chunki sayyoramiz, uning tarixi va tuzilishiga doir ilmiy bilimlarning faol rivojlanishi boshqa gipotezalarga boy material berdi va falokatlar nazariyasini XIX asrning oxirlaridayoq uning avvalgi jozibadorligidan mahrum etdi. Bunga ilmiy bilimlarning butunlay yangi sohasi – ekologiyaning paydo bo‘lishi ma’lum darajada zamin hozirladi.

Download 118.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling