2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja


Ekologiyaning kelib chiqishi


Download 118.3 Kb.
bet22/25
Sana29.03.2023
Hajmi118.3 Kb.
#1305813
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2-mavzu

Ekologiyaning kelib chiqishi. «Ekologiya» atamasi etimologik jihatdan yunoncha oikos – uy, boshpana va logos – ta’limot so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, keng ma’noda yashash muhitiga ega bo‘lgan jonli organizm (yoki jonli organizmlar, mavjudotlar) tashkil etgan har qanday tashkilot, sistemani anglatadi. Bu atamani nemis biologi E.Gekkel 1869 yilda biologiyaning vazifasi jonli organizmlarning atrof muhit bilan o‘zaro aloqasini o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘limlaridan birini belgilash uchun ilmiy muomalaga kiritgan. Ekologiya masalalari uzoq vaqt mobaynida faqat tabiiy fanlar, avvalo biologiya doirasida o‘rganildi. So‘ngra, jamiyatning tabiat bilan munosabatlarida iqtisodiy, ijtimoiy va hatto siyosiy jihatlar aniqlanishiga qarab, ekologiya ijtimoiy fanlarning ham predmetiga aylandi. Ilk ijtimoiy va falsafiy tadqiqotlarning o‘ziyoq jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi muammolari – bu avvalo jamiyatning, uning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining, shakllangan qadriyatlar tizimi hamda atrof muhit va insonning undagi o‘rni haqidagi tasavvurlarning muammolari ekanligini tasdiqladi.
Bugungi kunda «ijtimoiy ekologiya» deb nomlangan ilmiy tadqiqotlar sohasi vujudga keldi, «ekologiya» atamasi esa biologiya fanlari doirasidan ancha chetga chiqib, juda tez va keng tarqaldi. XX asr 70-yillarining o‘rtalarida ijtimoiy ekologiyaning to‘rt asosiy qonuni ta’riflandi:

  • hamma narsa hamma narsa bilan bog‘langan;

  • hamma narsa qayoqqadir yo‘qolishi kerak;

  • tabiat yaxshiroq biladi;

  • tekinga hech narsa bo‘lmaydi15.

Bu qonunlar inson atrof muhit bilan uzviy o‘zaro bog‘liq ekanligini mustahkamladi va uning tabiatga o‘zboshimchalik bilan va oxirini o‘ylamasdan aralashuvini taqiqladi.
Ekologik muammolar keskinlashuviga qarab ular yanada faolroq o‘rganila boshlandi. Ijtimoiy ekologiyadan tashqari, ilmiy bilimning boshqa, butunlay yangi sohalari, chunonchi: inson ekologiyasi, global ekologiya, shahar ekologiyasi yuzaga keldi. Ayrim kishilar va jamiyatning atrof muhit bilan o‘zaro aloqasi jabhasida ekologik muammolar ko‘p jihatdan falsafiy ma’no kasb etdi, chunki u inson borlig‘ining fundamental asoslariga daxldordir, Erdagi hayotning betakrorligi va uning biologik rang-barangligini saqlash zarurligi haqidagi masalani yangidan qo‘ydi.

Download 118.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling