2-Mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Insoniy resurslar konsepsiyasi


Download 0.74 Mb.
bet7/9
Sana28.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1020949
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati

Insoniy resurslar konsepsiyasi
Insoniy munosabatlar uchun harakat qandaydir bir darajada menejmentga «fermercha» yondashuvga o’xshab ketadi: pichan bilan ta’minlangan sigirlar ko’p sut beradi, ish haqidan qoniqqan xodimlar yuqori natijalarga erishadilar. Vaqtlar o’tishi bilan nazariyotchilar va amaliyotchilarda xodimlarning boshqarish jarayonida va yetakchilikdagi ishtiroki masalalariga qiziqish uyg’ondi hamda biz bu o’rinda insoniy resurslar konsepsiyasining paydo bo’lishi to’g’risida gapirish uchun hamma asoslarga egamiz. Uning mohiyati motivatsiya nazariyasiga muvofiq ish topshiriqlarini tayyorlashdan iborat bo’ldi, bunda asosiy e’tibor ob’ekti bo’lgan xodim o’z salohiyatini to’liq namoyon qilish va shu orqali o’zining eng oliy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Insoniy resurslar konsepsiyasining eng mashhur vakillari Abraxam Maslou va Duglas Makgregorlardir.
Ilmiy boshqaruv maktabi menejment rivojining alohida bosqichi sifatida
Ilmiy boshqaruv g’oyalari F.Teylor, Frenk va Lilian Gilbertlar, Ganttlarning asarlarida alohida rivojlantirilgan (1885-1920 yillar).
Uslubiyati:
• mazkur goya tarafdorlarining fikricha, jarayonni kuzatish orqali turli xil hisob-kitoblar, mantiqiy fikrlash va tahlil tamoyillarini ishga solib, qo’l mehnatini talab qiladigan ko’pgina operatsiyalarni takomillashtirish mumkin;
• mazkur uslubiyatni rivojlantirishning ilk bosqichida ish operatsiyalarini tarkibiy jihatdan o’rganishga alohida e’tibor berildi. Xususan, Gilbertlar aniq mehnat operatsiyasiga sarflanadigan vaqtni o’lchash uchun kinokamera va mikroxronometrdan foydalanishdi. F.Teylor turli xil belkuraklar yordamida inson qancha miqdordagi ruda yoki ko’mirni ko’tara olishini o’lchashga ko’p vaqt ajratardi.
Inson omiliga nisbatan munosabat
Ilmiy boshqaruv maktabining namoyondalari ish unumdorligini va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida xodimlarni muntazam ravishda rag’batlantirish lozim, deb hisoblashgan;
Ishlab chiqarish jarayonida vaqti-vaqti bilan ishchilarga dam olishga ruxsat berilgan;
Aniq mehnat operatsiyasini bajarish uchun ajratiladigan vaqt real tarzda belgilangan. Buning natijasida ma’muriyat ishlab chiqarishning aniq me’yorlarini belgilab berishga va me’yordan ortiqcha mehnat uchun qo’shimcha ish haqi to’lashga muvaffaq bo’ladi;
Qayd etilgan ish tamoyillaridan tashqari yana bir masalaga jiddiy e’tibor qaratilgan, u ham bo’lsa, aniq ish vazifasini bajarish uchun jismoniy va ma’naviy jihatdan mos keladigan kadrlarni tanlab olishga ahamiyat berilgan; kadrlarga kasbiy ta’lim berish masalasi ham rahbariyatning diqqat markazida turgan.
Ishlab chiqarish va boshqarish funktsiyalarini bir-biridan ajratish
Ilmiy boshqaruv maktabining namoyandalari boshqaruv funktsiyalarini (qarorlar qabul qilish, rejalashtirish, ijroni nazorat qilish) bevosita ijrochilik operatsiyalaridan ajratishni yoqlab chiqqanlar;
Ularning fikriga ko’ra, boshqaruv maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab etuvchi faoliyat turidir. Shunga ko’ra, tashkilotning har bir alohida bo’g’ini (kichik guruhlar) bironta sohaga yoki operatsion jarayonga ixtisoslashsa, pirovard natijada umumiy faoliyat muvaffaqiyatli yakun topadi (ilgarigi tizimga muvofiq ishchilar o’z mehnat faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtirgan);
Mazkur g’oyalarning rivojlantirilishi boshqaruvning alohida faoliyat sohasi sifatida e’tirof etilishiga olib keldi. Boshqaruv maktabining asoschilari ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish muammolari ustida izlanishni davom ettirdilar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling