207-guruh talabasi Po’latov Og’abekning Xalqaro huquq fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi


Download 0.52 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1543362
1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot Xalqaro Huquq .Po\'latov Og‘abek.

Umumiy tinchlikni ta‘minlash va davlatlarning barcha sohalardagi hamkorligiga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlagan birinchi universal siyosiy xalqaro tashkilot – Millatlar Ligasi 1919-yilda tuzildi. Uning Statuti 1919-yil 28 iyun kuni Parij Tinchlik konferensiyasida qabul qilinib, 440 moddadan iborat bo‘lgan. Statut Versal shartnomasining 1-26 moddalarini qamrab olgan bo‘lib, mazkur Shartnomaning I qismi hisoblanadi. O‘sha davrdagi xalqaro tashkilotlardan Millatlar Ligasi, a‘zolarining soni jihatidan 65 ta yirik davlatlarni, ya‘ni, o‘sha davrda AQSH va Saudiya Arabistonidan tashqari barcha yirik davlatlarni o‘ziga qamrab olganligi bilan ajralib turar edi

Odatda xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni turli belgilari bilan klassifikatsiyalash qabul qilingan. Bunday klassifikatsiyalash quyidagicha amalga oshiriladi:Faoliyati yuzasidan: umumiy vakolatli, ya‘ni barcha sohalar bo‘yicha a‘zo davlatlarning hamkorligini muvofiqlashtirib, ularga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilotlar, bunga BMT, MDH, Yevropa Ittifoqi tashkilotlari misol bo‘la oladi; Xalqaro nohukumat (nodavlat) tashkilotlarini ham quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: a) siyosiy, mafkuraviy, ijtimoy-iqtisodiy, kasaba uyushmaviy; b) onalik va bolalikni himoya etuvchi ayollar tashkiloti; d) ilmiy, madaniy-ma‘rifiy; e) matbuot, kino, radio, televideniye va boshqa sohalar.

Xalqaro hukumatlararo tashkilotning ta‘sis etilishi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni ta‘sis etilishi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Tashkilotlarning ta‘sis hujjatlarini qabul qilish; 2. Uning moddiy tizimini shakllantirish, bunda a‘zo davlatlarning a‘zolik badallari bo‘yicha roziligi va ularni to‘lanishi muhim rol o‘ynaydi;3. Bosh organlarining tashkil etilishi va ularni yig‘ilishi faoliyatning boshlanishi . BMT Ustavining 3-moddasida, uning birinchi Ustavda ko‘rsatilganidek dastlabki A‘zolari‖ sifatida San-Fransiskoda bo‘lgan Konferensiyada qatnashib yoki ilgariroq Birlashgan Millatlarning 1942-yil 1-yanvardagi Deklaratsiyasini imzolab, BMT Ustavining 110-moddasiga muvofiq ushbu Ustavni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar BMTning dastlabki a‘zolari hisoblanadi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling