20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Xulosa: Donning namlik bo‘yicha holati______________________ Laboratoriya ishi №7. Donlarning naturasini aniqlash


Download 1.69 Mb.
bet13/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Xulosa: Donning namlik bo‘yicha holati______________________
Laboratoriya ishi №7. Donlarning naturasini aniqlash.


Ishdan maqsad: Don natura og’irligini aniqlash uslubini o‘rganish va natura og’irligiga ko‘ra donning hajmiy massasiga baho berish.


Asosiy tushunchalar
Donning naturasi PX-1 rusumli 1 litrlik yoki eksportga chiqariladigan don turkumlari uchun ishlatiladigan 20 litrlik purkalarda aniqlanadi. Natura bu 1 litr hajmdagi donning og‘irligidir. Donning natura og’irligini litrli purkada aniqlashdan oldin o‘rta namuna teshik diametri 6 mm bo‘lgan g‘alvirda elanadi va yaxshilab aralashtiriladi.
Litrlik purkada ishni bajaruvchining sub’ektiv ta’siridan qa’tiy nazar donning joylashish zichligi to‘ldirgich, voronkali silindr va qulab tushuvchi yuk yordamida ta’minlandi.
Quyida boshoqli donlarining natura og’irligini o’rtacha qiymati keltirilgan:
Bug‘doy doni - 725 - 810 gramm/litr.
Javdar doni - 685 - 770 gramm/litr.
Arpa doni - 545 - 605 gramm/litr.
Suli doni - 420 - 480 gramm/litr.
Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. Litrli purka qurilmasi.
2. Bug‘doy, arpa, javdar, suli donlari.


Purkaning barcha qismlari qutidan chiqarilib, qopqog‘i yopiladi. Tarozi shtativ quti ustidagi rezbali komaga qotiriladi. Ustun kronshteyniga osgich kiydiriladi va koromislo komaga quyiladi, prizma yostiqchaning ustiga yotqiziladi. Ko‘rsatkich strelkasining uchini qayirmaslik va prizmaning xafsizligini ta’minlash maqsadida koromislo oxista, extiyotkorlik bilan kiydirladi. Bu ishni bajaruvchiga raqamli tomoni bilan o‘rnatiladi. So‘ngra koromisloning prizmali uchlariga xalqalar kiydiriladi.
Koromisloning o‘ng tomoniga yukli o‘lchagich, chap tomoniga esa tarozi toshlari uchun mo‘ljallangan valla osiladi. Yukli o‘lchagich va vallaning bir-biri bilan muvozanatlashuvi tekshiriladi.
Agar nomuvozanat holat kuzatilsa, purka ishga yaroqli deb topiladi. O’lchagichdan yuk chiqarib olinadi. O’lchagich qutining ustida maxsus mo‘ljallangan komaga urnatiladi. Uning tirqishiga (dastagida) raqamli tomonini yuqoriga qilib pichoq tiqib qo‘yiladi. O’lchagichga to‘ldirgich kiydiriladi. Voronkali silndrga tebranma harakatsiz va turtmasdan cho‘mich vositasida tekis oqim bilan don solinadi. Don silindrning ichidagi maxsus chiziqgacha to’ldiriladi.
Agar silindrning ichida maxsus chiziq bo‘lmasa, bunday vaziyatda don uning ustki qirrasidan 1 sm masofa qolgunga qadar solinadi. Agar voronka qismlariga ajraluvchan bo‘lsa, u bilan tsilindir berkitilib ag‘dariladi va voronkasi pastga karatilib, to‘ldirgich ustiga o‘rnatiladi. Voronkali silindr to‘ldirgichni ustiga o‘rnatilgandan so‘ng voronkaning to‘sgichi barmoq bilan ohista bosib ochiladi. Don to‘ldirgichning ichiga to‘kilib bo‘lgandan keyin voronkali silindr chiqarib olinadi.

2 – rasm. PX-1 rusumli litrli purka.

  1. purkaning qismlarini saqlashga mo‘ljallangan quti; 2 - metall koma; 3-palla; 4- o‘lchagichdagi tirqish; 5-ilgak; 7 - tarozi; 8 – o‘lchagich; 9-ko’rsatkich; 10 - silindr to‘ldirgich; 11 – pichoq; 12 – porshen; 13 - voronkali silindr; 14-yig’uvchi silindr; 15 - eski namunali purkalarda silindrga kiygiziladigan voronka; 16 -tarozi ustunini qotirishga mo‘ljallangan rezbali kommacha; 17 - qulab tushuvchi yuk; 18.- tarozi toshlari.


O’lchagichning tirqishidagi pichoq tez (ammo asbobni qimirlatmasdan) chiqarib olinadi. Avval yuk, uning izidan esa o‘lchagichga don tushadi. Pichoq yana kaytadan olindingi extiyotkorlik bilan tirqishga tiqiladi va shunday qilib, o‘lchagichning ichida 1 litr don paydo bo‘ladi. To‘ldirgich bilan birgalikda o‘lchagich qutining ustidagi komadan chiqarib olinadi. Ularni ag‘darib, to‘ldirgichda qolgan ortiqcha don to‘kiladi. To‘ldirgichdan chiqarib olinadi.
Har qaysi don namunasi uchun don natura og’irligini 2 martda aniqlash zarur. Ikki paralel namunalar yoki orbitraj aniqlashlar orasidagi farq suli uchun 10 gr, qolgan ekin donlari uchun esa 5 gr dan oshmasligi kerak. Donni tarozida 0.5 gr aniqlikda o‘lchash lozim.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling