20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Download 1.69 Mb.
bet23/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Ishning natijasi:
Donning maydalangan o‘lchami_________________________________g.
Xamir qorish uchun olingan suv miqdori_______________________ml.
Kleykovina miqdori (1- aniqlik) ______________________________g.
Kleykovina miqdori (2- aniqlik) ____________________________g.
Ikki o‘lchash orasidagi farq____________________________________g.
Kleykovinaning foiz nisbati_____________________________%.
IDK-1 asbobining ko‘rsatkichi_____________________________ sh.b.
Xulosa: Natija me’yoriy xujjat bilan taqqoslanadi va bug‘doy doni sifatiga baho beriladi.
Laboratoriya ishi №14. Donlarning kuldorligini aniqlash.


Ishdan maqsad: Don kuldorligini aniqlash uslubini o‘rganish.
Asosiy tushunchalar
Dondagi kul miqdorining quruq moddalarga nisbatan miqdoriga donning kuldorligi deb aytiladi. Kul miqdori boshoqli donlarda 1,5-4,5% gacha bo‘ladi. Sholida esa bu ko‘rsatkich 6% ga boradi. Turli donlarda kul miqdori turlichadir. (jadval 5).
5-jadval

Don nomi

Kul miqdori, %

Don nomi

Kul miqdori, %

Bug‘doy

1,60-2,30

Javdar

1,71-2,25

Suli

2,85-3,55

Tariq

3,49-4,11

Sholi

4,85-6,00

Gorox

2,41-3,85

Makkajo‘xori

1,51-2,00

Arpa

2,42-3,00

Soya

4,44-5,65

Kungaboqar

3,05-4,07

Don kuldorligi o‘simlik turiga, naviga yetishtirish hududi, sharoiti tuproq va tuproqga beriladigan o‘g‘tlar va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Don tarkibidagi mineral moddalarning notekis taqsimlanishi sababli donning turli qatlamlarida kul miqdori turlicha bo‘ladi. Masalan: bug‘doy donining kul miqdori 1,95-2,00% bo‘lganda endospermdagi ulushi 0,39-0.6% ni, murtakda 5.2-7,5% ni, qobiq va aleyron kavatda 9.3-12.4% ni tashkil etadi. Don kuldorligining un ishlab chiqarishda sifat ko‘rsatkichi sifatida axamiyati katta. Kul miqdori qancha yuqori bo‘lsa, un navi shuncha past bo‘ladi. Ishlab chiqarish laboratoriyalarida don kuldorligi namunasi mufel pechida kuydirish yo‘li bilan aniqlanadi.


Mufel pechi ikkita asosiy qismdan iborat: korpus va reostat. Korpusning sopol qismi xrom nikelli sim bilan o‘ralgan bo‘lib uni ikkita uchi tashqariga chiqarilib, ikkita kontaktga ulangan. Yuqori tomonidan sopol sim bo‘ylab asbes bilan qoplanib, temir g‘ilof bilan yopilgan. Reostat yordamida pechning chug‘lanish darajasi oshiriladi yoki kamaytiriladi. Chug‘langan mufelning rangi bo‘yicha shkalaga tayanib pechning qizish darajasi xaqida taxminiy fikr yuritish mumkin: kuchsiz qizil-600-650 0S, yorqin-qizil 850 0S, oq 1200 0S.
Tigellar. Ular qattiq moddalarni qizdirish va shu kabi maqsadlar uchun ishlatiladi. Tigellar 1200 0S ga yaqin haroratga chidamlidir. Don mahsulotlari korxonalari laboratoriyalarida chinni yoki kvarsdan yasalgan 3-raqamli tigellar ishlatiladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling