20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Laboratoriya ishi №15. Javdar va arpa donining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash


Download 1.69 Mb.
bet25/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Laboratoriya ishi №15. Javdar va arpa donining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.


Ishdan maqsad: Javdar va arpa donining iflosligini aniqlash. Arpa donining yirikligi va mayda don miqdorini aniqlash uslubini o‘rganish.
Asosiy tushunchalar
Javdar uchun 2 ta standart belgilangan: oziqaviy javdar, mavsumda qabul qilish talablari va solod uchun spirt zavodlariga qayta ishlashga yuborildigan javdar. Javdar yetishtirish hududi va biologik avzalliklariga ko‘ra 3 ta tipga bo‘linadi. 1-Kuzgi shimoliy, P-Kuzgi shimoliy, Sh-Bahorgi javdar. Oziq-ovqat uchun tayyorlanadigan javdar sifatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga sifat ko‘rsatkichlari bazis konditsiyasiga javob beradigan javdar kiritilgan, ikkinchi guruhga sifati bazis konditsiyasidan pastroq, lekin cheklangan konditsiya me’yorida bo‘lgan javdar kiritilgan. Yetilmagan, yashil javdar donlari, puch va rivojlanmay kolgan javdar donlari donli aralashmaga kiritiladi. Yetilgan va bo‘lingan donlar o‘lchamlari va tavsifidan qat’iy nazar 50% donli aralashmaga, qolgani asosiy donga qo‘shiladi. Mavsumiy don namligiga ko‘ra 4 holatga bo‘linadi: quruq don-14% gacha, o‘rtacha quruqlikda- 14% - 15,5% gacha, nam don-15.5% -17% gacha, ho‘l don 17% dan yuqori. Iflosligi bo‘yicha 3 ta holat belgilangan: toza, o‘rtacha tozalikda va iflos.
Solod uchun spirt zavodiga jo‘natiladigan javdar doni namligi 15,5% dan oshmasligi kerak. Solod uchun asosiy ko‘rsatkich bu unib chiqish holatidir: 5 chi sutkasida - 92% dan kam emas.
Javdarning naturasi - 685 g/l dan yuqori. Donli aralashma -5% gacha, keraksiz aralashma -2% gacha shu jumladan zaharli aralashma – 0.2% gacha. Hasharotlar bilan zararlanishi man etiladi, faqat toshkanalar bilan birinchi darajali zararlanishi mumkin.
Arpa uchun quyidagi standartlar belgilangan: mavsumiy tayyorgarlikdagi talablar, yem uchun, yorma ishlab chiqarish uchun, eksprt uchun, spirt ishlab chiqarish uchun, pivo tayyorlash uchun. Pivo pishirish uchun tayyorlangan arpa sifati bo‘yicha 2 guruxga bo‘linadi: sifati bazis me’yorlariga javob beradigan va cheklangan me’yorlarga javob beradigan. Pivo pishirish uchun tayyorlanadigan arpa sifatiga cheklangan me’yorlar bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yiladi: keraksiz aralashmalar - 8% gacha. Donli aralashma -7% gacha, yirikligi (o‘lchamlari 2,5x20mm bo‘lgan elak ustida qolgan don) - 50% dan yuqori, mayda don (o‘lchamlari 2,2x20mm bo‘lgan elakdan o‘tgan don) 10% gacha, yashash qobiliyati 95% dan yuqori, hashorotlar bilan zararlanish toshkanalardan tashqari man etiladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling