2–mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq va G’arb falsafasi. Reja


Download 55.74 Kb.
bet2/3
Sana16.05.2020
Hajmi55.74 Kb.
#106744
1   2   3
Bog'liq
2-seminar


So‘fizm (arab. “jun”) – tasavvuf islomdagi diniy-falsafiy oqim, VIII asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. So‘fizm faqat musulmon mamlakatlari ijtimoiy taraqqiyotining xususiyatlari bilan belgilangan bo‘lsa-da, unda neoplatonizm ta’limoti, iudaizm, xristianlik, zardushtiylik va ayniqsa, buddizmning ta’siri ham bor. So‘fizm murakkab ta’limot bo‘lib, asosan panteizm, asketizm va mistitsizmni targ‘ib qiladi. U xilma-xil shakl va oqimlarga ega. So‘fizm ta’limotining asosiy ob’ekti inson va uning xudoga muno-sabatidir. Uning tarafdorlari “inson xudodan”, “inson xudo bilan”, “inson xudo uchun”, “inson xudoga” degan aqidalarga asosla-nadilar. So‘fizmda va uning suluklarida pir va shogird (murshid va muridlik) munosabatlari asosiy o‘rin egallaydi.

So‘fizm tarafdorlari dastlabki davrlarda moddiy boylikka ega bo‘lishni qoralab, haqiqiy boylik ma’naviy-ruhiy boylik deb hisoblaganlar. So‘fizm tarixida VIII-XIII asrlarda Zunun al-Misriy, Abu Abdulloh, Mansur Halloj, al-G‘azzoliy, Sanoiy, Attor, Rumiy muayyan rol o‘ynaganlar. Bu borada ayniqsa G‘azzoliy (1059-1111) alohida o‘rin tutadi.

V.V.Bartold Movarounnahrda juda keng tarqalgan so‘fizm oqimi YUsuf Hamadoniy (XII asr) tariqatidan boshlangan, deb hisoblaydi. Bu tariqatda ham keyinchalik turli yo‘nalishlar paydo bo‘lgan. Ularning eng yiriklari Abduxoliq G‘ijduvoniy va Xo‘ja Ahmad YAssaviy nomlari bilan bog‘liqdir. Bulardan G‘ijduvoniy tariqati iqtisodiy jihatdan ko‘proq yuksalgan shaharlar va ular-ning atroflarida vujudga keldi va tarqaldi; bu oqim real hayot bilan ko‘proq bog‘langan bo‘lib, kishilarni mehnatga, hunarmandchi-likka da’vat etgan va o‘z davrida adabiyot va ijtimoiy tafakkurning rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatgan. Ahmad YAssaviy va uning shogirdlari – Sulaymon Boqirg‘oniy hamda Said Ato qarashlari o‘ta mistik bo‘lgan. A.YAssaviyning “Hikmat” asarida so‘fizm asos-lari, xususan, shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat rivoyatlari tushuntirildi. Uning fikricha, “dunyoning noz-ne’matlarini iltijo qilgan kishi so‘fiy emas, balki baxtsizlik va g‘urbatni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig‘i bilan o‘tkazgan kishi so‘fiydir”1.

XIII-XIV asrlarda so‘fizmning yangi oqimi – naqshbandiylik vujudga keladi. Uning asoschisi Bahovuddin Naqshbandiy edi. Naqshbandiylik o‘z mohiyatiga ko‘ra idealistik ta’limot edi. Biroq u ba’zi xususiyatlari bilan YAssaviy tariqatidan farq qilgan. Naqshbandiylikning namoyondalari ma’lum ma’noda dunyoviy, hayotiy masalalarga katta e’tibor berganlar. Ular tarkidunyo qilishga, dunyo ishlaridan voz kechishga qarshi chiqdilar, real hayotning noz-ne’matlaridan foydalanishga undadilar va mehnat qilishga, bilim olishga chaqirdilar.

Arab xalifaligida VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi–Bog‘dod, Damashq shaharlarida madaniyat kuchayib bordi: xindcha, yunoncha, forschadan ilmiy, siyosiy, badiiy asarlarning tarjimalari ko‘paydi, madaniy aloqalar avj oldi. qadimgi YUnonistonning mashxur olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Evklid kabilarning merosi keng o‘rganildi. Xalifalikning turli o‘lkalaridan taniqli olimlar Bog‘dodga olib kelindi, bu erda IX asr boshida «Dor ul xikma» - Donolik uyi - ilm markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar – falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, geografiya, kimyo, falsafa kabi fanlar bo‘yicha tadqiqotlar keng yo‘lga qo‘yildi.. Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo‘lgan ko‘pgina xalq va qabilalar birlashgan edi. Unga Suriya, Misr, Xuroson, Movarounnaxr kabi ming yillik madaniy merosga ega bo‘lgan xalqlar xam kirgandi. Arab-musulmon madaniyati xalifalik tarixining dastlabki madaniy merosi zaminida shakllangan edi. Bu madaniyatning arablar, shuningdek, arablashtirilgan boshqa xalqlar tarixi uchun xam axamiyati juda katta bo‘ldi. Xalifalikdagi arablashtirilmagan xalqlar arablarnikidan farq qiladigan o‘z milliy madaniyatlarini asrlar osha tiklab olgan bo‘lsalar-da, u arab-islom madaniyati doirasida yangi bosqichda rivojlandi. IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda dexqonchilik, xunarmandchilik va savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga extiyoj tug‘dirdi va shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg‘or kishilari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot fanlarini chuqur o‘rgandilar. Bu davrni o‘z mazmuni, salmog‘i, axamiyati jixatidan Markaziy Osiyo Uygonish davri ham deyiladi. Uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular kuyidagilardan iborat edi:

1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.

2. Tabiatga qiziqish, tabiiyotshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonishdan, asosiy e’tiborni xaqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, xaqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb xisoblash.

3. Insonni ulug‘lash, ulardan aqliy, tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori ahloqiy maromlar va qoidalarni takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yish.

4. Universallik - qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatning muxim tomonlaridan biri edi.

SHu davrda ilg‘or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar–Roziy, Al Kindi, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy Mafotix, qoshg‘ariy, YUsuf xos Xojib, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir.Uyg‘onish davri falsafasi tabiiy-ilmiy fanlar rivoji bilan uzviy boglanib ketgan. CHunki tabiatdagi xodisalar, inson organizmining xolatidagi o‘zgarishlar sabablarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy fikrda o‘rnashib qolgan olamga aqidaviy-diniy qarashlarga putur etib, olamning ilmiy manzarasi xaqidagi tasavvurlar ijtimoiy ongda muhim o‘rin egallay boshladi.

Bu davrdagi jaxonga mashxur olimlardan biri Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy bo‘lib, uning matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, tabobat, tarixshunoslik soxasidagi nodir asarlari falsafiy fikrlar rivojiga ham katta xissa bo‘lib qo‘shildi. Olimning eng mashxur asarlari: «Al-jabr va-l muqobala», «Kitob surat al arz», «Er surati», «Astronomik jadvallar», «quyosh soati to‘g‘risida risola», «Xind xisobi xaqida risola», «Ustur lab qurish xaqida kitob», «Zij», «Astronomik jadval», «Musiqa bo‘yicha risola», «Tarix bo‘yicha risola» kabi asarlari uning ilmiy tafakkuri benixoya kengligi, qomusiy alloma ekanligi, nafaqat o‘z davrining, balki xamma zamonlarning eng buyuk qomusiy olimi ekanligidan dalolat berib turibdi.

SHarqda va jaxonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli xissa qo‘shgan buyuk allomalardan yana biri Ahmad al-Farg‘oniydir. Farg‘oniyning asosan oltita kitobi butun dunyoga ma’lum va mashxur.

1. «Kitob fi usul ilm an-nujum», ya’ni «Astronomiya ilmining usullari xaqidagi kitob».

2. «Al-Farg‘oniy jadvallari».

3. «Oy Erning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi».

4. «Usturlab bilan amal qilish xaqidagi kitob».

5. «Etti iqlim xisobi».

6. «Usturlab yasash xaqidagi kitob».

Uning ushbu asarlarida koinot xaritasi tuzilgan, Er va fazoviy sayyoralar xajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kengliklar to‘g‘risida kuzatuvlar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda xissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muxim omillari bo‘lib keldi.



Abu Nasr Muhammad Forobiy Sirdaryo bo‘yidagi Forob qishlogida tugilib, o‘z Vatanida va so‘ngra Bogdod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo xalqlari va butun sharqning mashxur faylasufi va olimlaridan biri edi. Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astronom, ximik, medik, psixolog, musiqa san’atining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati, fani va falsafasini egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelshunos, uning falsafasi, tabiiy-ilmiy nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. SHuning uchun Forobiyni hayotligidayoq «Al muallim as-soniy» (2- ustoz), ya’ni 2-Aristotel deb faxriy nom bilan atagan edilar. Forobiy Aristotel asarlarini arab tiliga tarjima qilib, unga sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy «Falsafani o‘rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «SHe’r san’ati», «SHoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari xaqida», «Ilmlarning kelib chiqishi to‘grisida», «Musiqa xaqida so‘z», «Oxanglar tasnifi xaqida kitob», «Masalalar bulog‘i», «Aql to‘grisida», «Inson a’zolari xaqida risola», «Fozil shahar axolisining qarashlari», «Davlat xaqida risola» kabi qimmatli asarlar bizga meros qilib qoldirdi. Forobiy Allohni «birinchi sabab», «birinchi moxiyat» deb izohlaydi. U sabab-oqibat munosabatlarida birinchi sababni xudo deb biladi. Undan keyingi sabablarni materiya bilan bog‘laydi. Materiya o‘z sababiga, ya’ni xudoga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga egadir. Uningcha, materiyasiz, ya’ni oqibatsiz sabab ham bo‘lishi mumkin emas. Dunyo, tabiat xudo tomonidan qisqa muddat ichida yaratilgan emas, deydi olim. Uning fikricha, dunyo xudodan boshqa moxiyatga ega bo‘lgan borliq bo‘lmasdan, xudoninng zuhr etilishidir. Tabiatning bu xolga kelishiga qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar o‘tgan. SHunday qilib, Forobiy barcha mavjudotni, olamni, materiyani birinchi sabab – xudodan keltirib chiqaradi. Forobiyning fikricha, materiya olamdagi narsa va xodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi yoki materiya tuproq, suv, xavo, olov va osmondan iborat bo‘lib, Forobiy ta’limoticha, osmon jismlari ham erdagi jismlar ham ana shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Forobiy fikricha, olamdagi har bir predmet materiya va shakldan iborat bo‘lib, materiya ham shakl, ham teng axamiyatga ega bo‘lgan sabablardir, deydi. U harakat materiyaning ob’ektiv xususiyati, moddiy olam esa harakatning manbaidir: olamdagi predmet va xodisalar to‘xtovsiz harakat va o‘zgarishda, harakat va o‘zgarishning sababi esa boshlangich moddiy elementlarning turlicha qo‘shilishidadir, degan fikrni ilgari suradi.

1. Apologetika. II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keladi. Apologetika so`zining lug`aviy ma’nosi himoya qiluvchi demakdir, ya’ni xristian dini aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatning xristianlikka nisbatan bo`lgan dushmanligini bartaraf qilishga intilganlar. Ular o`z adabiy asarlarida xristianlik ta’limotini asrashga, Rim saltanati hokimlariga xristianlikni ta’qib qilishni oqlab bo`lmasligini ko`rsatishga intilganlar. Shu tufayli o`z asarlarida yo dialog yoki apologiyaning tan olingan mumtoz shaklidan foydalanganlar. Ularning asarlarida inkor qilish va tasdiqlash kabi ikki an’ana ko`zga tashlanadi. Apologetlar avvalo mushriklar tomonidan xristianlikni ayblovchi ateizm, kannibalizm, dabdababozlik, xudoga qarshi hatti-harakatlar kabi ayblarni inkor qilganlar. Ular xristianlikning pokligini tasdiqlab, qo`pollik, osiylik yahudiy diniga, mushriklar diniga xos deb hisoblaganlar.

Apologetlar asarlarida mushriklik dinlari rahbarlarini xristianlikning mohiyatiga aql mezoni bilan yondashishga chaqiriladi. Xristian dinini mantiqiy asoslashga intilish, uni tushunarli talqin qilish va oqibatda unga qonuniylik maqomini berish maqsadi ko`zda tutiladi. Ularning ta’kidlashlaricha, xristianlikka qarshi qo`yilgan ayblovlar hech qanday dalillarga asoslanmagan. Bu narsani ular xristianlik davlatida fuqarolik maqomini olish uchun asosiy dalil bo`la oladi, deb hisoblaganlar.

Apologetlar ilohiyotchilarga nisbatan ko`proq faylasuflar edi. Ularning ta’kidlashicha, xristianlik bu eng qadimgi din va falsafadir. Masalan, Injilda Troyan haqida bashorat qilingan, yunon falsafasida mavjud bo`lgan haqiqat masalasi esa, xristianlik va yahudiylik dinidan o`zlashtirilgan. Apologetlarning uqtirishicha, xristianlik eng oliy falsafadir. Buning isboti esa Tavrotda bashorat qilingan. Isoning zohidona hayoti, uning bashoratlari bunga dalil bo`la oladi. Taxminan 140-yilda afinalik xristian faylasufi Aristid imperator Antoniy Piyga himoya maktubini yuboradi. Unda ko`rsatilishicha, xristian ibodati xaldeylar, misrliklar, yahudiylar ibodatidan farq qiladi. Xristiancha ibodat shakli ulardan ustundir.

Jabrdiyda Yustin (100-165) II asrning eng mashhur apologeti bo`lgan. U mushriklik diniga mansub bo`lgan oilada tug`ilgan, juda yoshligidanoq haqiqatni topish maqsadida falsafa bilan shug`ullangan. U stoiklar falsafasidan, Platon idealizmidan, Aristotel qarashlaridan haqiqat izlagan. Uni Pifagorning matematik falsafasidan ham qidirgan.

Sxolastika so’zining lug’aviy ma’nosi «maktab», «o’qiydigan joy» kabilarni anglatadi. Sxolastlar deb, Buyuk Karl saroyidagi, saroy maktablaridagi o’qituvchilarni hamda dinni o’qitishda falsafadan foydalangan o’rta asr ilohiyotchilarini ataganlar. Bular haqiqatni yangidan qidirmaganlar, balki mavjud haqiqatni mantiqiy yo’llar bilan isbotlashga harakat qilganlar. Sxolastika- bu ilohiyotni ratsionallashtirishga bo’lgan urinishning yangi ko’rinishidir. E’tiqodni tafakkur bilan mustahkamlash maqsadida ilohiyot muqaddas kitoblar falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilinishi kerak, deb hisoblagan. Muqaddas kitob so’zlarini Aristotel deduktiv logikasi yordamida sistemalashtirish va yangi kashf qilingan Aristotel falsafasi bilan uyg’unlashtirish kerak, deb hisoblangan. Sxolastika Aristotel falsafasining Yevropaga kirib kelishining asosiy sababidir. V asrda Boetsiy tomonidan tarjima qilingan bir necha asarlargina mavjud edi. Uning dunyoqarashi haqida lotin tilidagi tarjimalardan juda kam ma’lumotga ega edilar. XII asrga kelib G’arbiy Yevropada Aristotelning lotin va arab tilidan tarjima qilingan asarlari bilan kengroq tanishdilar. Buyuk arab mutafakkiri Ibn Rushd (Averroes 1128-1198)ning tarjima va sharhlari 1200 yildan Yevropaga Ispaniya (Andaluziya) orqali kirib keldi. Sxolastikaning tarqalishiga yana bir sabab -muqaddas kitoblarni o’rganish uchun ayrim monax ordenlarining falsafaga qiziqishi bo’ldi. Masalan: Foma Akvinskiy, uning ustozi Buyuk Albert, Dominikan ordeni monaxlari, Uilyam Okkam va fransiskan ordenlari monaxlari edi. XII asrda vujudga kelgan universitetlar yangi ilmiy yo’nalishga boshpana bo’ldi va tez orada ilohiyotni mantiq va tafakkur yordamida o’rganshning dasturi ishlab chiqildi. Parij universiteti Abelyar davrida sxolastikaning yetakchi markaziga aylandi. Sxolastlar asosan haqiqatni qidirish bilan emas, balki mavjud bo’lgan umumiy haqiqatni ratsional tahlil qilish bilan shug’ullanganlar. Ular uchun haqiqatga qanday usul bilan erishilmasin, muqaddas kitoblarga e’tiqod usuli bilanmi yoki falsafiy mantiq usuli bilanmi, bundan qati’ nazar, haqiqatning garmonik tarzda yaxlit bo’lishi shart qilib qo’yilgan.

O’rta asr tafakkuri faqat siyosiy va cherkov birligiga erishishnigina emas, balki falsafada birlikka ham erishishni xohlagan. XIII asrda Yevropaga Aristotel falsafasining kirib kelishi sxolastlarni bu masalani bajarishga undadi. Sxolastlar uchun dalillar mutlaq, ishonchli va muhimdir. Ular ta’limotining mazmunini Bibliya (Tavrot va Injil), e’tiqod ramzlari, cherkov otalarining asarlari tashkil etardi. Ularning maqsadi esa e’tiqod aqlga mos keladimi? degan savolga javob berish bo’lgan.

Sxolastlar metodologiyasi Aristotel dialektikasi (ya’ni logikasi)ga tayangan, ta’limotning mazmuni esa ilohiyot bo’lgan. Mazmun ham, usul ham o’zgarishi mumkin emas.

Ko’p sxolastlarning falsafiy fikrlash mezoni yunon falsafasi bo’lgan. Ularning ta’limoti Platon va Aristotel falsafasining umumiy tamoyillariga mos kelishi kerak edi. Xususan, universaliylar (umumiy tushunchalar)ning tabiati, e’tiqod va tafakkurining mutanosibligi masalasida bahs-munozara olib borilar edi.

Realizm ta’limoticha, universaliylar yoki umumiy g’oyalar yakka narsalardan alohida mavjuddir. Masalan, go’zallik, farovonlik kabi umumiy tushunchalar ayrim, yakka odamlarning hatti-harakatidan mutlaqo mustaqil mavjuddir. Bunday qarash lotincha ibora «universalia akte rem», ya’ni «unversaliylar yaratilgan narsalardan avval mavjuddir», deb ifodalanardi. Bu ta’limot realizm nomi bilan mashhur. Realizmning yirik vakillaridan biri Anselm Kenterberiyskiydir (1033-1109). U Shimoliy Italiyada tug’ilgan. 1093 yilda Kenterberiyda arxiyepiskop lavozimini egallagan. Uning tafakkur va e’tiqodning o’zaro munosabatlariga bo’lgan qarashlari «bilish uchun e’tiqod qilaman», degan tezisda o’z ifodasini topgan. Uningcha, eng avval va asosan e’tiqod bilimning asosi bo’lishi kerak. Anselm o’zining ikki asarida tafakkur e’tiqodni asoslab berishi kerakligi haqidagi xulosalarga keladi.

Sxolastika ta’limotining asosiy vakillari va ularning falsafiy qarashlari. Foma Akvinskiy 1225-yilda tug’ilgan. Unga muloyimligi tufayli «Farishta doktor», degan laqab berishadi. Foma Akvinskiyning ijodiy merosi ham Albertniki singari boy. Uning asarlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Aristotelning «Analitika», «Nikomax etikasi», «Metafizika», «Fizika», «Jon haqida», «Osmon va yer haqida»,«Tabiiy narsalarning vujudga kelishi va o’lim haqida», «Politika» va boshqa asarlariga yozilgan sharhlar.



2. Kichik falsafiy risolalar. Ularning ichida eng muhimi «Averroeschilarga qarshi aqlning birligi haqida». Lekin uning asosiy asarlari «Ilohiyot umumlashmasi» va «Mushriklarga qarshi umumlashma», «Ilohiyot umumlashmasida» katolik dini aqidashunosligi ishlab chiqilgan. Bu asarlar umuman sxolastik ilohiyotshunoslikning asosidir. Akvinskiy fan va din munosabatlari masalasini aniq ishlab chiqqan. Uningcha, fanning vazifasi dunyodagi qonuniyatlarni tushuntirish. Shuningdek, Akvinskiy ob’ektiv, to’g’ri bilimga ega bo’lish mumkinligini tan oladi. U faqat inson aqlining faoliyatigina haqiqat bo’la oladi, degan tasavvurlarni ham inkor qiladi. Uningcha, bilim ichkariga, fikrlarning sub’ektiv shakllariga emas, ob’ektga, tashqariga qaratilishi kerak.

Lekin bilim ob’ektiv va haqiqat bo’lishiga qaramasdan, u hamma narsani qamrab ololmaydi. Falsafiy, metafizik bilim dunyosi ustida boshqa bir dunyo borki, u bilan ilohiyot shug’ullanadi. Bu dunyoga tafakkurning tabiiy kuchi bilan kirish mumkin emas. Foma Akvinskiy ta’limoticha, xristianlik dinining o’ta muhim sirlari falsafa va bilimdan tashqarida bo’ladi. Bu yerda gap g’ayri-tabiiy haqiqatlar haqida ketayapti. Lekin uningcha, fan va din o’rtasida qarama-qarshilik yo’q. Xristian dini aqldan ustun turadi, lekin aqlga qarama-qarshi emas. Haqiqat faqat bitta, chunki u xudodan kelib chiqadi. Xristian diniga qarshi inson aqli pozitsiyasidan qarama-qarshi qo’yilgan dalillar komil, ilohiy aqlga qarama-qarshidir. Inson tafakkuri ega bo’lgan vositalar esa yetarli emas. Bunday fikrni Foma hamma vaqt o’zining bahs yurituvchi risolalarida ta’kidlaydi. Bu munozarali risolalar mushriklarga ham, xristian shakkoklariga ham qarshi qaratilgan edi.

Uningcha, falsafa ilohiyotga, dinga shuning uchun xizmat qilishi kerakki, u diniy haqiqatlarni aks ettiradi, ularni tafakkur kategoriyalarida talqin qiladi, shuningdek, dinga qarshi bo’lgan soxta dalillarni inkor qiladi. Falsafaning o’zi g’ayritabiiy haqiqatni isbot qilolmaydi, lekin unga qarshi qo’yilgan dalillarni kuchsizlantiradi. Akvinskiy dunyoqarashida ilohiyotning quroli sifatidagi falsafaning roli mukammal o’z aksini topgan.

Akvinskiyning borliq haqidaga ta’limotida olam bir necha bir-biridan ajralgan pog’onalarga bo’lingan tartibda mavjuddir. Eng quyi pog’ona- o’lik tabiat. Uning ustida o’simlik va hayvonot dunyosi mavjud. Ulardan esa eng yuqori pog’ona odamlar dunyosi kelib chiqadi. Odamlar dunyosi g’ayritabiiy, ruhiy dunyoga o’tish bosqichidir. Hamma mavjud narsalarning maqsadi, ma’nosi, oliy darajasining birinchi mutlaq sababi, eng komil reallik-xudodir.

Akvinskiy o’zining jon va bilish haqidagi ta’limoti asosida axloqiy ta’limotni yaratdi. Axloqiy faoliyatning belgilovchi omili deb Akvinskiy iroda erkinligini ko’rsatadi. Olijanoblik belgilari sifatida Akvinskiy yunon falsafasidagi to’rt fazilat: donolik, jasurlik, mo’tadillik, adolatdan tashqari yana uch xristianlik oliyjanobligini: - iymon, umid va muhabbatni e’tirof etadi. Olijanoblik haqidagi Akvinskiy ta’limoti murakkab, lekin bu ta’limotning markaziy g’oyasi oddiy. Bu quyidagi g’oyaga asoslanadi: inson tabiati aqldir. Demak, kim aqlga qarshi bo’lsa, u insonga ham qarshidir. Aql irodadan ustun va uni boshqaradi. Uningcha hayotning ma’nosi baxtdir. Baxtni esa u xudoni shuur qilish va bilish deb hisoblaydi. Bilish insonning eng oliy vazifasidir. Xudo- bilishning tubsiz manbai. Insonning oxirgi maqsadi xudoni shuur qilish, bilish va unga muhabbatdir. Bu maqsadga erishish yo’li sinovlarga to’la. Aql insonni axloqiy tartibga yetaklaydi. Axloqiy tartib-bu ilohiy qonunlardir. Aql abadiy rohat va baxtga erishish uchun nima qilish kerakligini insonga o’rgatadi.

Akvinskiy tabiat, moddiy dunyo, tabiiy-ilmiy masalalar bilan ham qiziqqan. U eng avvalo axloqiy dunyo, demak, jamiyat masalalari bilan qiziqadi. Uning diqqat markazida ma’naviy va ijtimoiy masalalar alohida o’rin egallaydi. Qadimgi yunonlar singari u ham odamni eng avvalo jamiyatda, davlatda olib qaraydi. Davlat umumiy farovonlik haqida g’amxo’rlik qilish vazifasini bajaradi. Lekin Akvinskiy ijtimoiy tenglikka mutlaq qarshi chiqadi. Tabaqalanish farqlari abadiydir, deydi u. Quyi tabaqalar o’z xo’jayinlariga bo’ysunishlari kerak, umuman, butun xristianlar uchun bo’ysunish-olijanoblikdir. Davlatning eng afzal shakli monarxiyadir. Xudo dunyoda, jon tanada qanday o’rin egallasa, monarx o’z podsholigida shunday o’rinni egallashi kerak. Olijanob va adolatli podshoning hokimiyati xudoning olamdagi hokimiyatining aks etishidir.



Monarxiyaning vazifasi fuqarolar farovonligini ta’minlashdir. Buning uchun eng avvalo tinchlikni saqlash va fuqarolar farovonligani ta’minlash kerak. Davlatning tashqi maqsadi va mazmuni esa samoviy rohat-farog’atga erishishdir. Bunga esa fuqarolarni davlat emas, cherkov yetaklaydi. Lekin har qanday cherkov emas, balki yerdagi xudoning o’rinbosari bo’lgan-Rim papasi boshchiligidagi cherkov yetaklamog’i lozim. Cherkovning roli davlatning rolidan yuqoridir, shuning uchun dunyoviy hokimlar cherkovga bo’ysunishi kerak. Demak, Akvinskiy dunyoviy hokimiyatning ruhoniylar hokimiyatiga bo’ysunishi zarurligini ta’kidlaydi. Hamma narsani qamrab oluvchi hokimiyat faqat cherkovga tegishlidir.

XIII asr oxiri XIV asr boshlarida dominikanlar ordenida Foma ta’limoti (tomizm) yetakchi o’rinni egallaydi. Akvinskiy uning «Birinchi doktori» deb e’lon qilinadi. 1323 yilda u «Avliyo» deb e’lon qilinadi. Foma Akvinskiy ta’limotining markazi dastlab Parij universiteti, keyinchalik Kyoln universiteti bo’lib qoladi. Sekin asta tomizm (Foma Akvinskiy ta’limoti) cherkovning rasmiy doktrinasiga aylanadi. Uyg’onish davrida yangi ijtimoiy sharoitlar tufayli tomizm inqirozga uchraydi.

Nominalizm. O’rta asr nominalist- sxolastlar o’rta realistlaridan ham farq qiladilar. Nominalizmning eng yirik vakillari Rosselin, keyinchalik U.Okkamlar bo’lgan. Ularning qarashlari «universaliylar narsa yaratilgandan keyin mavjuddir», degan iborada ifodalangan. Ularning fikricha, haqiqatlar yoki g’oyalar ongdan tashqarida ob’ektiv mavjud emas. Ular umumiy xususiyatlarning sub’ektiv g’oyalaridir. Bular esa yakka narsalarni kuzatish natijasida ong tomonidan ishlab chiqilgan. Universaliylar faqat ismlardir. Masalan, adolat insonning voqelikda bo’ladigan adolatni kuzatishi natijasida umumlashtirilgan g’oyadir. Agar o’ta realistlar va mo’’tadil realistlar e’tiborni guruhga, to’daga qaratgan bo’lsalar, nominalistlar yakka narsalarga qaratganlar.

Download 55.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling