3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Qavatlar va bloklarni qazib olishning ketma-ketligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

Qavatlar va bloklarni qazib olishning ketma-ketligi. 
Qavatlar, odatda, yuqoridan pastga qazib olinadi, ya’ni, avval yuzaga 
yaqin bo‘lgan qavat, so‘ngra keyingi qavatlar qaziladi. Bu, aavalo, konni 
aniqlashyuqoridan pastga siljishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, yuqori 
qavatlar oldinroq, pastkilarga qaraganda kam xarajatlar bilan foydalanishga 
kiritiladi.
Odatda, qazib olishda uchta qavat joylashadi. Ulardan birida – o‘rtasidagida 
rudani qazib olish bo‘yicha asosiy ishlar olib boriladi. YUqorida joylashgan 
qavatda qolgan zaxiralar qazib olinadi, pastda joylashgan qavat ochadi va 
tayyorlaydi. Bunday tartib me’yoriy hisoblanadi, lekin ba’zan shu sababli 
buziladiki, bunda pastda joylashgan qavatlarda juda kamqiymat ruda li yoki 
qazish sharoitlari qiyin bo‘lgan bloklar vaqtinchalik qoldiriladi va undan 
pastda joylashgan qiymatdor bloklarni qazib olishga o‘tiladi. Kon uchun sanoat 
minimumini qayta ko‘rib chiqishda yuqoridagi oldin ishlangan qavatlarga 
qaytishga to‘g‘ri keladi. Unda rudani qazib olish bo‘yicha ishlar yotiqligi 
bo‘yicha 5-6 va undan yuqori qavatlarga cho‘zilishi mumkin. Bu ishlar 
dekonsentarsiyasiga olib keladi, ishlarni boshqarish qiyinlashadi, korxonani 
og‘ir sharitlarga qo‘yadi. SHuni e’tiborga olish lozimki, yuqori qatlamlarda 
qoldirilgan ruda tog‘ bosimi ta’sirida asta-sekin emiriladi va uni qazib olish juda 
qiyinlashadi. Ishlarning tarqoqligi lahimlarning ko‘p sonini doimiy saqlab turish 
zarurligiga olib keladi. Bunday sharoitlarda qazishda bo‘lgan har blokka 2-3 
km.li lahimlarni saqlash lozim bo‘ladi, konda amalda bo‘lgan lahimlarning 


umumiy uzunligi esa 20-30 km.ga etishi sodir bo‘ladi.
Bloklarni qazib olishni talafotlarning oldini olgan holda amalga oshirish 
lozim. Agar qazish shaxta maydoni markazida boshlab, bu ishlarni yon 
tomonlarga siljitish yoki qazishni yon tomonlardan boshlab uni markazga 
yo‘naltirish bilan olib borilsa, bunga erishish mumkin. Bunda har bir qavatda 
qazish holatida faqat 2 blok bo‘ladi, lekin ishlarni 2-3 qavatda olib borish 
mumkin. Biroq, konning zarur bo‘lgan unumdorligini ta’minlash uchun bu etarli 
emas. SHunda qavat 300-1000 m uzunlikdagi bir nechta uchastkalarga bo‘linadi, 
va bu uchastkalarning har birida ikkita blokdan qaziladi. Uchastkada ish 
tugaganida, bloklar konus ko‘rinishida qoladi. Bunday bloklarni qazib olish og‘ir 
sharoitlarda o‘tadi, birinchidan, ular ko‘p bo‘lmaydi, ikkinchidan, qazib olingan 
zonada o‘pirilgan jinslar zichlanishga ulguradi va jinslarning yuqorida 
joylashgan qalinlik massasidan yuklanish olishi mumkin (3.23-rasm). 
 
3.23-rasm. Ikkita qavatda qazish ishlarini olib borishda bloklarni qazish tartibi: I – II – bloklar 
rudani qazib olish bosqichida; I – III – qavatlar. 
Qavatda bloklarni ixtiyoriy tartibda qazish – kon ishlarini to‘g‘ri olib 
borishning buzilishi, bunga hatto, tog‘ bosimi sharoitlari bo‘yicha bu texnik 
tomondan mumkin bo‘lganda ham, yo‘l qo‘ymaslik lozim. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling