3 – ma’ruza. Yerning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Yerning ichki tuzilishi, zichligi, xarorati va radioaktivligi. Yer qobig‘ining kimyoviy va mineral tarkibi. Reja


Yerning ichki tuzilishi, zichligi, harorati va radioktivligi


Download 0.63 Mb.
bet8/11
Sana21.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1641589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу (1)

Yerning ichki tuzilishi, zichligi, harorati va radioktivligi.
Geodezik o‘lchovlar shuni ko‘rsatadiki, yerning soddalashtirilgan shakli aylanma ellipsoidga yaqinroq ekan, ya’ni sferoidga. Qutb radiusi–R=6356,8km, ekvator - Re =6378,2km. Yerni o‘ta aniqlik bilan o‘lchanganda, uning shakli nihoyat murakkabligidan dalolat berdi. Bu xususiyatlar faqatgina yerga taaluqli bo‘lib, geoid deb nom olgan. Yerning ushbu shakli, dunyo ummoni yuzasining fikran davom ettirish usuli bilan olinishi mumkin (sathiy yuza). Faqatgina geoidning sathiy yuzasi topografiyada, geodeziyada, marksheyderiyada, absolyut balandliklarni hisoblashda asos sifatida olinadi. (4.1-rasm).





4.1-rasm. Relef yuzasi (fizik yuza) -1, geoid yuzasi -2, sferoid yuzasi -3.

Geoid va sferoidlarning yuzasi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi va ularning o‘rtasidagi farq ± 160m gacha bo‘ladi. Yerning yuzasi 70,8% suv bilan qoplangan, qolgan 29,2%ni quruqlik tashkil etadi. Quruqlikning eng yuqori absolyut balandlik nuqtasi (Himoloydagi Everest tog‘ tizmasi) 8848 m.ni tashkil etadi, Eng chuquri esa-11022m (Tinch okeanidagi Meriana botiqligi). Balandlik nuqtalarining farqi 20km atrofida.


Yer - markaziy simmetriyasiga ega bo‘lgan qobiq bilan tuzilgan. Yerning barcha qobiqlari(geosferalar) o‘zining tarkibi, fizik xususiyatlari va holati bo‘yicha farqlanadi. Geosfera tashqi va ichki qobiqlarga bo‘linadi. Tashqi geosferani insonlar to‘lik bevosita o‘rganilsa bo‘ladi. Ichkilarni esa o‘rganish qiyin. Ularni geofizika fani usullari yordamida o‘rganish mumkin.
Yerning tashqi qobig‘i bu - atmosfera, gidrosfera, biosfera. Bular bizni sayyoramizning tarkibiy qismlari bo‘lib, quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan shu tarkibiy qism bilan farqlanadi. Yer atmosferasi — yer atrofidagi havo tarkibli bo‘lib, u yer bilan birga aylanadi. Atmosferaning og‘irligi 5,15- 1015 t. atrofida. Uning yer yuzidagi tarkibi: azot-78,1%; kislorod-21%; argon-0,9%; is gazi - 0,03%; vodorod - 0,00005%; geliy - 0,005%; neon - 0,0018%; suv bug‘i - 0,05 dan 4% gacha. Atmosferadagi umumii suv hajmi 13000 km3 atrofida. Atmosferaning quyi qismi-troposfera o‘rtacha kengliklarda 8-12km balandlikkacha, ekvator ustida esa 17km gacha balandlikda. Atmosfera qatlamining 14km dan 50-55km gacha bo‘lgan qismi strotosfera deb ataladi. Strotosferada (30-55 km balandlikda) qalinligi 25-30km gacha bo‘lgan azon qatlami joylashgan bo‘lib, u quyoshning ultrabinafsha nurlardan yerdagi barcha tirik organizimlarni himoya qiladi.
50-55km.dan yuqorida esa ionosfera joylashgan. Ushbu hududda ultrabinafsha nurlarning ta’siri ostidagi ionlashgan havo bo‘lib, u elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega. Atmosferaning ustki chegarasi 1300km balandlikda joylashgan. Undan yuqorisi esa sayyoralararo fazoviy bo‘liqqa tegishli muhitga ega.
Gidrosfera - okeanlar, dengizlar, qit’a suvi va muzliklardan iborat. O‘rta qobiq sifatida - gidrosfera bilan bog‘langan yer osti suvlarini ko‘rsatish mumkin. Gidrosferaning umumiy og‘irligi 1644•1015 t, ya’ni u Yerning og‘irligidan 0,025% dan oshadi.
Biosfera - tirik organizimlarning hayot faoliyati va yashash joyidir. U atmosferaning quyi qismini o‘z ichiga olgan bo‘lib, yer yuzasini eng ustki birinchi qobig‘i hisoblanadi.
Yerning biomassasi, yer qobig‘i massasining 0,1% ini tashkil etadi. Bu o‘rtacha 2,4•1015 t.ga teng. Biomassa quruqlikda notekis joylashgan bo‘lib, qutblardan ekvatorga qarab oshib boraveradi. Dunyo ummonining biomassasi, hisobiga 266 mlrd t. kislorod hosil bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biosfera atrof muhitdagi eng muhim va kerakli qobiqlardan biridir.
Tirik organizmlar uchun quyidagi faoliyat zarur: nafas olish, fotosintez, azotning o‘zlashtirilishi. Fotosintez jarayoni quyidagi sxema orqali o‘tkaziladi.
[N2O→N++ON-; 4ON→O2+2N2O; 6SO2+ 6N2O→S2N12O6+6O2].
U aylanma harakatga juda ko‘p og‘irlikdagi moddalarni jalb qilib, geokimyoviy jarayonlarning eng muhimi va keraklisidir. Organizmlarning geokimyoviy faoliyati masshtabi juda kattadir. Shunday qilib, har yilgi tirik organizmlarning faoliyati mahsuli 232,5 mlrd. t. quruq organik modda hisoblanadi. Bunda fotosintezga 46 mlrd. t. uglerod jalb qilinadi.
Yer qatlamining faqat ustki qismi bevosita tadqiqotlar uchun qulay hisoblanadi va burg‘u quduqlar yordamida ochilgan tog‘ jinslari 12,5km chuqurlikdan oshmaydi. Yerning chuqur qatlamlarining tuzilishi geofizik usullar yordamida o‘rganiladi (seysmik va boshqa usullar).
Yer sayyorasi geofizik tadqiqotlar asosida shartli ravishda 3 ta qobiqqa bo‘linadi: ustki qobiq, mantiya, yadro(markazda). Yer tuzilishining bu modeli seysmologlar X.Djefris, B.Gutenberg tomonidan XX asrning birinchi yarmida yaratilgan.
1909-yilda yugoslaviyalik seysmolog A.Moxrovich yer qatlami va mantiya o‘rtasidagi chegarani aniqlagan. .
Yangi seysmologik tadqiqotlar asosida yaratilgan (avstraliyalik seysmolog K.E.Bulen) erning so‘nggi modeli hozirgi kungacha foydalanilmoqda (4.2-rasm). Unga ko‘ra, er zonalarga bo‘lingan bo‘lib, A-yer qobig‘i; V-zonasi 33-413km.gacha bo‘lgan intervaldagi chuqurlik (yuqori mantiya); S- 413-984km (o‘tish zonasi); D- zonasi 984-2898 km(quyi mantiya); E-zonasi 2898-4982 km (tashqi yadro); F-zonasi 4982-5121km (o‘tish zonasi); G- zonasi 5121-6371 km (ichki yadro).




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling