3-bob. Milliy boylik, aholi va mehnat resurslari


Mehnat resurslari va ulardan foydalanish


Download 22.8 Kb.
bet3/4
Sana09.04.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1347547
1   2   3   4
Bog'liq
3-bob

3.3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. Respublikada mehnat resurslarining soni ko’p, biroq ularning jami aholi tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi tug’ilish va tabiiy ko’payishning yuqoriligidadir. Natijada, “demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o’ziga xos. Masalan, agar Boltiq buyi davlatlarida oilada 3 kishidan 2 nafari ishlasa, bizda, aksincha, 6 kishidan 2 yoki 3 nafari ishlashi mumkin, xolos.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2018-yilda O’zbekistonda mehnat resurslar soni 18829,6 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 14641,7 ming, iqtisodiyotda band bo’lganlar soni 13273,1ming kishini tashkil qildi. Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda, noishlab chiqarish sohasida band bo’lganlar soni tezroq ko’payib bormoqda. Nodavlat sektorda band bo’lganlar 80 foizga yaqin. Barcha tuman va shaharlarda mehnat birjalari faoliyat ko’rsatmokda. Ular asosan “Bandlik” Davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha qator ishlarni bajarishadi.
Mamlakatimizning barcha hududlari ko’p millatli. Nisbatan sanoatlashgan viloyat va shaharlarda mahalliy xalqlardan tashqari boshqa millat vakillari ham ko’p (Toshkent, Navoiy viloyatlari, Toshkent, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Zarafshon, Farg’ona va boshqa shaharlar). Shu bilan birga, Xorazm viloyati aholisi asosan bir millatli - 97,5 foiz aholi o’zbeklardan iborat. O’zbeklarning hissasi Toshkent shahri va viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida kamroq.
O’zbekistonda 662 ming qoraqalpoq millatiga mansub kishilar yashaydi Ularning aksariyati (94,2 %) Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan. Mamlakatimizda qadimdan tojiklar ham juda ko’p (1,5 mln ga yaqin) yashab kelgan. Ularning asosiy qismi Surxondaryo, Samarqand, Namangan va Farg’ona viloyatlarida yashaydi. Tojiklar, shuningdek, qisman Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida ham yashaydi. Qozoqlar ko’proq Qoraqalpog’istonda hamda Navoiy va Toshkent viloyatlarida, qirg’izlar Jizzax Farg’ona va Andijon viloyatlarida, turkmanlar – Surxondaryo va Qashqadaryo,Qoraqalpog’istonda istiqomat qiladi. Bulardan tashqari, respublikamizda ukrain, tatar, koreys, boshqird, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor. Ularning ko’pchiligi shahar joylarida istiqomat qiladi.
Aholining jinsiy tarkibi tenglashib bormoqda; shaharliklar orasida ayollar ko’proq (50,2 foiz), qishloqlarda esa jinslar o’rtasidagi farq deyarli sezilmaydi. O’zbekistonda tug’ilish nisbatan yuqoriligi sababli aholi tarkibida yoshlar ulushi katta. Respublika aholisining taxminan 16 foizini 8 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi. Shuning uchun davlatning ijtimoiy siyosatida sog’lom, barkamol avlod tarbiyasiga, yoshlarga katta ahamiyat berilmokda.

Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling