3 I. Bob. Yo’qolib ketgan tarixiy chizmalarni qayta tiklash


Download 311.5 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi311.5 Kb.
#1588572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xudoyberganova Sohiba QADIMGI YODGORLIKLARNI QAYTA TIKLASH ISHLARIDA

Kurs ishining vazifasi:
-bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining - chizmachilik o'qitish metodikasi
1bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish;
-talabalarga qurilish chizmalarini tasvirlashdagi o’ziga xos xususiyatlarni va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish;
- talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish;
-talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida muammoli darslarni tashkil eta olish ko‘nikmasini shakllantirish.
Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga grafikaviy ta’lim berish jarayoni.

Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik grafikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to'rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 35 sahifani tashkil etadi.
I. BOB. YO’QOLIB KETGAN TARIXIY CHIZMALARNI QAYTA TIKLASH
1.1. Registon maydoni kelib chiqishi
Dastlab 1417—1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydonning sharqiy qismiga Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420—1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619—1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47—1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon — qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.
Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Koʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi. Regiton maydoni tarixda shaharning ilm-fan,siyosat va diniy markazi bo’lgan.Amir Temur podsholigi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. “Registon”-Registon so’zi “Qumli joy degan ma’noni anglatadi. Qadimiy Samarqandning rasmiy markazi Registon maydoni bo’lib, bu maydon uchta madrasa qad ko’targan; dastlab 1417-1420 yili bunyod etilgan Ulug’bek madrasasi, (1619-1639) Sherdor Madrasasi va (1647-1660) Tillakori Madrasasidan iborat me’moriy majmua.

Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling