3-mavzu : Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi reja: Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi 2


Download 40.86 Kb.
bet2/14
Sana08.11.2023
Hajmi40.86 Kb.
#1755158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-maruza

insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko’rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo’ravonlikdan to’la voz kyechish;

hamkorlik, ya’ni pedagog va o’quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;
erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng voki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib
chiqarish. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda o’quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo’ladi:
- pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;
- har bir o’quvchi qobiliyat egasi, ko’pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;
- yuqori yetik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

. xatoga yo’l qo’yish huquqi;
• o’z nuqtayi nazariga ega bo’lish huquqi;
•pedagog va talaba munosabatining asosi: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin
tanlab olishga imkon berish.
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g’ayri insoniy hisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kyechishdir. Muammo bu yondashuvni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida majburlashdan voz kyechish mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda so’zsiz itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi.

Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling