3-mavzu. Biznes va tadbirkorlik. Tadbirkorlik kapitali. (2 soat) Reja


Obligasiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo`yganligini tasdiqlaydi


Download 226.16 Kb.
bet5/12
Sana04.02.2023
Hajmi226.16 Kb.
#1164194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-MAVZU.Biznes va tadbirkorlik. Tadbirkorlik kapitali.

Obligasiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo`yganligini tasdiqlaydi. Obligasiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag`larini ko`paytirish uchun chiqariladi.
Aksiya egasi korxona mulkdori, obligasiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligasiya aksiyadan farq qilib, o`z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligasiyalar bo`yicha to`lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo`lmaydi. Uning qiymati hissadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o`tishi bilan to`lanadi. Aksiyaga qo`yilgan mablag` obligasiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksioner talabi bo`yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo`lishi bilan bog`liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aksiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo`yilgan mablag` miqdori o`rtasidagi farqdan iborat.
Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus - bo`lishga tegishli) – aksiya egasiga to`lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog`ozning shu turiga qo`yilgan pul mablag`lari (kapital) ning tegishli qismiga o`zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro`yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg`arishga, soliq to`lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog`liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo`ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing – tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning yaxlit tizimi bo`lib, bunda xo`jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.

Download 226.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling