3-mavzu: Jizzax-Sirdaryo vohasining toponomik joy nomlari. Reja


Download 23.73 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi23.73 Kb.
#1038249
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu. Jizzax-siraryo vohasining toponimik joy nomlari.

Forish- Jizzax viloyatidagi tuman. 1935 y. 9- fevralda tashkil etilgan. 1962 y.da Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qo‘shib yuborilgan. 1964 y.da qayta tashkil etilgan. F.t. dastlab Samarkand, 1964 y. Sirdaryo, 1974 y. Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shim. va shim.sharqdan Qozog‘iston, sharqdan Jizzax, Zafarobod, Arnasoy, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari, jan.dan G‘allaorol tumani, g‘arbdan Samarkand, Navoiy viloyatlarining Qo‘shrabot, Nurota tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 9,53 ming km2. Axolisi 74,8 ming kishi (2004). Mahalliy ma’lumotlar bo‘yicha tuman nomiga o‘tgan Forish qishlog‘ining nomi Amir Temur Samarkand atrofida qurdirmoqchi bo‘lgan «Parij» sh. nomi-dan olingan. Keyinroq mahalliy xalq shevasida bu atama Farij, Farish, Fo-rish deb o‘zgarib borgan degan, taxmin mavjud. Tumanda 2 shaharcha (Uchquloch, YAngiqishloq), 11 qishloq fuqarolari yig‘ini (Arnasoy, Garasha, Gulzor, Darvoza, Omongeldi, Osmonsoy, Uxum, Forish, Egizbuloq, Qzilkum, Qoraabdal) bor. Markazi — Yangiqishloq shaharchasi. Forish-sug’diyda “par”-ko’kalamzor Forish-tojikcha ”poyi rishta” poy-oyoq, rishta-kasallik nomi.
Qoraxon-(Forish tumanida) Urug’ nomi.Urug’ vakillari o’zlarini Avliyoota nomi bilan mashhur bo’lgan.Qoraxon avliyoning avlaodlari hisoblaydi. Xonbandi-X asrda hozirgi Forish tumanida Pasttog’ darasiga toshdan qurilgan to’g’on.Band ,avvalo,irrigatsion atama; gidrotexnik inshoot.Forish tumanida bugungi kunda shu nomdagi qishloq mavjud.
Baxmal- Jizzax viloyatidagi tuman. 1943 y. 8 mayda tashkil etilgan (1957 y. 12 okt.da G‘allaorol tumani bilan birlashtirilgan edi, 1971 y. 31 avg.da qayta tuzildi). Baxmal umani. G‘allaorol, Jizzax, Zomin tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasi b-n chegaradosh. Mayd. 1,86ming km2. Baxmal. t.da 1 shaharcha (O’smat) va 10 qishloq.
Jondor- Buxoro amairligida “jallod”, “yasovul boshlig’i”.Bu so’zning asosiy ma’nosi “tirik mavjudot”, “jonu jonivor”.Buxoro viloyatidagi Jondor tumani markazi, shuningdek Jizzax viloyati Baxmal tumanida Jondor degan joy bor. Ilonli-Baxmal va Forish tumanlarida shu nomdagi qishloqlar mavjud.Ilonli o’zbek qavmlaridan biri.Ilonni, jilonni, jilontamg’ali deb ham atalgan.Tamg’asi ilon shaklida bo’lgani uchun shunday nom olgan.

Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling