3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari


Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari


Download 82.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana07.02.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1174046
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

 


3.3.Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari 
Psixologik maslahatni boshdan oxirigacha bo‘lgan jarayoni ko‘rinishi 
maslahatni asosiy bosqichlarini ketma-ketlik tarzida tasavvur qilish mumkin va 
ularni xar biri maslahat jarayonida o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, qandaydir ma’lum bir 
vazifani bajaradi va o‘ziga xos maxsus xususiyatga ega.
Psixologik maslahatni o‘tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilar: 
1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda Konsultant qayd qilish jurnalidagi 
yozuvlar, shu bilan birga psixologik maslahat o‘tkazish uchun talabnoma qabul 
qilgan xodimdan olgan ma’lumot asosida mijoz bilan tanishadi. Ishning bu 
bosqichida Konsultantning o‘zi ham psixologik maslahatni o‘tkazishga 
tayyorgarlik ko‘radi. Bu bosqichda Konsultantning ish vaqti asosan 20-30 minutni 
tashkil qiladi. 
2. Moslashish bosqichi. Bu bosqichda Konsultant shaxsan mijozni kutib 
oladi, u bilan tanishadi va mijoz bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlanadi. Mijoz 
ham o‘z navbatida xuddi shu jarayonni bajaradi. Agar maslahat o‘tkazish uchun 
hamma narsa tayyorlangan bo‘lsa, bu bosqich o‘rtacha 5-7 daqiqa vaqtni olishi 
mumkin. 
3. Tashxis qo‘yish bosqichi. Bu bosqichda Konsultant mijozni muammosini 
eshitadi va uni tahlili asosida mijozni muammosini aniqlaydi. Ushbu bosqichning 
asosiy mazmuni mijoz o‘zi va muammosi haqida, shu bilan birga mijozni 
psixodiagnostika tekshiruvdan o‘tkazish (agar bunga zarurat bo‘lib, mijozni 
muammosini aniqlash va uni optimal yechimini topish uchun). Bu bosqichda 
psixologik maslahatni o‘tkazish uchun zarur vaqtni va muddatni aniq belgilash 
imkoni bo‘lmaydi, chunki uni aniqlash mizojning muammosini o‘ziga xosligi va 
uning individual xususiyatlariga bog‘liq. Bu vaqt amaliy jihatdan psixologik test 
o‘tkazish vaqtni hisobga olmagan holda kam deganda bir soatni tashkil qiladi. 
Ba’zan bu psixologik maslahatning bu bosqichi 4 soatdan 6-8 soat vaqtni olishi 
mumkin. 
4. Tavsiya berish bosqichi. Konsultant oldingi bosqichlarda mijoz va 
uning muammolari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni to‘plab, bu bosqichda mijoz 
bilan birgalikda uning muammosi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bunda 
bu tavsiyalar aniqlashtiriladi, barcha mayda-chuyda vaziyatlar konkretlashtiriladi. 
Psixologik maslahatning bu bosqichini o‘tkazishda asosan o‘rtacha vaqt 40 
daqiqadan 1 soatni tashkil qiladi. 


5. Nazorat bosqichi. Bu bosqichda Konsultant va mijoz olingan amaliy 
maslahat va tavsiyalar mijoz tomonidan amaliy jihatdan amalga oshirilayotgani va 
uni baholanishi qanday nazorat qilinishi borasida o‘zaro kelishib oladilar. Shu 
yerda Konsultant va mijoz tavsiyalarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan 
savollarni qachon, qaerda va qanday xal qilish masalasini kelishib oladilar. Bu 
bosqichni yakunida agar zarurat tug‘ilsa, Konsultant va mijoz keyingi safar qachon 
va qaerda uchrashishni ham kelishib oladilar. Psixologik maslahatning ushbu 
yakuniy bosqichi o‘rtacha 20-30 daqiqa vaqt ichida o‘tkaziladi.
Agarda yuqoridagilarni jamlaganda aytish mumkinki, psixologik maslahatni 
o‘tkazishning besh bosqichiga o‘rtacha 2-3 soatdan 10-12 soatgacha vaqt ketishi 
mumkin (psixologik testga ajratilgan soatdan tashqari). 
Psixologik yordamning asosiy xususiyatlaridan biri psixolog-masla-hatchi 
mijoz bilan rejalashtirilgan uchrashuvga oldindan tayyorgarlik ko‘rish 
imkoniyatiga ega bo‘lishidir. 
Mijoz uchun uchrashuvni tayyorlash bir necha bosqichlardan iborat: 
1.
Mijoz va uning muammosi haqida dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. 
Ushbu ma’lumotlar maslahatchiga maslahatni keyingi bosqichlariga 
tayyorgarlik ko‘rishida zarur ahamiyatga ega. 
Ma’lumotlarni esa quyidagi manbalardan olish mumkin:
-
Qayd qilish kitobi; 
-
Boshqa maslahatchi tomonidan qayd etilgan mijoz haqidagi taassurot 
(tashqi ko‘rinishi va hokazo); 
-
Hisobda turgan varaqa orqali mijoz haqidagi ma’lumot. 
Qayd qilish kitobining namunaviy jadvali quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin. 

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling