3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja


Download 81.89 Kb.
bet7/13
Sana15.06.2023
Hajmi81.89 Kb.
#1478425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2---mavzu

10. M-s-fug
11. J-m-d-n-j
12. X-sh-v-m



Xorazm kalendari Qadimgi Xorazmliklar Quyosh kalendariga asoslangan yil hisobidan foydalanishgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm yil hisobi Markaziy Osiyodagi eng qadimgi yil hisoblaridan biri bo‘lgan. Xorazm xalqining yil va oylari urf-odatlari ham so‘g‘dlarnikiga o‘xshaydi, aksincha, eronliklarnikiga esa muxolifdir. Ularda ham yozning boshi novsorjinning avvalidir. ya’ni, xorazmliklar va so‘g‘dliklarda yil boshi bayrami yangi kun ularning nomlanishi ham deyarli bir xil. Xorazmliklarda yil boshi Novsorji so‘diylarda esa navsard.
Xorazm kalendarida bir yil 12 oyga bo‘lingan va har bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan. Qo‘shimcha 5 kun yil oxirida o‘n ikkinchi oyga qo‘shilgan va bir yil 365 kunni tashkil etgan. Har yili qoldiq sifatida ortib qoladigan chorak kunga Xorazm kalendarida e’tibor berilmagan. Yangi yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Oylarning to‘liq nomi juda uzun bo‘lib, ko‘pchilik tovushlarni undosh harflar tashkil qiladi. Oy nomlari Abu Rayhon Beruniy asarida ikki xil to‘liq va qisqartirilgan shakllarda keltiriladi va oy nomlarining to‘liq va qisqartirilgan shaklari quyidagicha:
Xorazm kalendaridai oy nomlarining to‘liq nomi

1. Ruchnofunovsrochi
2. Ardushfvsirx ankom
3. Xrvdod fvihiriy
4. Jiriy forozok
5. Xmdod
6. Axshrivriy
7. Avmriy
8. Yonoxn foxsrson rochibk
9. Arvfvfimxkobhrfin
10.Vsmrfvnofkonj ankom
11. Ashmn fvird ankom
12.Isbandarmajiy fvxshvm.



Xorazm kalendaridagi oylarining qisqa nomlari

1. Novsorjiy.
2. Ardvst.
3. Xrvdod.
4. Jiriy.
5. Xmidod.
6. Axshrivriy.
7. Avmriy.
8. Yenoxi.
9. Arv.
10. Rimjd.
11. Arshmn.
12. Isfandorajiy.

Kundalik ish yuritishda va ma’muriy xujjatlarda oylarning yuqorida keltirilgan qisqa shaklidan foydalanilgan. IV-VII asr qadimgi xorazm yozuvi xujjatlarida va XP-XIV asr arab-xorazm yozuvi manbalarida oy nomlari yuqoridagi shakllarda qo‘llanadi. O‘n ikkinchi oyga ko‘shiladigan 5 kunning maxsus nomi bo‘lmagan. Yil oylari kunlariga ortiqcha kunlarni qo‘shish, ya’ni yilni kabisali qilish kalendar tarixida muhim masala bo‘lgan. Beruniy Xorazmda kabisali yilga o‘tish masalasiga ham to‘xtalib o‘tib, ular ortiqcha besh kunni oxirgi oyga qo‘shganliklari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Xorazmliklar bilan so‘g‘diylar yil boshini belgilash uchun ortiqcha kunlarni qo‘shishda bir xil amal qilganlar. Xorazm kalendarida ham oyning har bir kunlari (30 kuni) alohida nom bilan yuritilgan. Beruniy Xorazm kalendaridagi oy kunlarining nomini ham berib o‘tadi.1
Xorazmliklar burjlarni arablardan yaxshiroq bilganlar. Xorazmliklarning burjlarga bergan nomlari ularni tasvirlashga mutasaddi astronomlarning qo‘ygan nomlariga muvofiqligi va arab tiliga mos kelmasligi, ularni mutasaddilar bergan suratlardan boshqa suratlar bilan tasvirlashgan. Xatto arablar javzoni egizak o‘g‘il bola surati o‘rnida burjlar qatoriga qo‘yganlar. Xolbuki, Javzo Jabborning suratidir xorazmliklar esa egizak burjni a-z-v-p-ch-k-r-i-k nomi bilan ataydilar. Buning izohi ikki sanam egasi bo‘lib, ma’nosining taqozosidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, arablar bosqinigacha ham Xorazmda fan va madaniyat yuqori bo‘lgan. Xorazmning arablar bosqini davri taqdiri haqida Beruniy quyidagilarni keltiradi. “...Qutayba Xorazm yozuvini yaxshi biladigan, ularning rivoyatlaridan xabardor bo‘lib, xorazmliklarda bo‘lgan fanlarga o‘rgatgan kishilarni o‘ldirdi va ularni har turli azob uqubatlarga duchor qildi, hamda bu rivoyatlar shunchalik yashirin bo‘lib ketdiki, xatto xorazmliklarga islom paydo bo‘lganidan keyin nima bo‘lganligini aniq bilib bo‘lmay qoldi”. Bu achinarli hol albatta.


  1. Download 81.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling