3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Download 298.41 Kb.
bet3/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

Strukturaning hosil bólishi.
Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar ózaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar tóplamidan makroagregatlar yuzaga keladi. Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi tuproqning alohida agregatlar (bólaklar) ga ajralishi hamda suvga chidamli agregatlarning hosil bólishi kabi jarayonlar bilan bog’liq. Tuproqning tóla agregatlarga ajralib ketishi ósimliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufayli, shuningdek tuproqda yashaydigan jonivorlarning faoliyati va tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi, yerning qurishi hamda uni ishlash natijasida róy beradi.
Ósimliklarning zich ildizlari tuproqning barcha bóshliqlari (g’ovakliklari) bóylab kirib boradi va tuproqni alohida bólaklarga ajratadi; mexanik elementlar va mikroagregatlarni mustahkamlaydi. Ósimliklar qoldig’idan hosil bóladigan gumus tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi. Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil bólishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Tuproqning davriy ravishda muzlashi va erishi ham qurishi tufayli struktura agregatlari paydo bóladi. Tuproqning nam sig’imi 60-90 foiz bólgan sharoitda yer muzlaganda eng kóp struktura hosil bólib, ammo ular suvga chidamsizdir.
Strukturaning hosil bólishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va singdirilgan kationlarning ahamiyati ham katta. Og’ir mexanik tarkibli, gumusga boy, va ikki, uch valentli kationlar bilan tóyingan tuproqlarda davriy ravishda namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi struktura agregatlari hosil bóladi.
Tuproqda agregatlarning yuzaga kelishida yerga mexanik ishlov berish (haydash, kultivasiya, boronalash singarilar) ham rol óynaydi. Bunda yerga ishlov berishning ijobiy va salbiy ta’siri bólishi mumkin. Strukturaning hosil bólishi uchun yerga mexanik ishlov berish tuproqning maqbul namligida, ya’ni yetilgan davrida olib borilishi lozim. Struktura hosil bólish namligi yengil qumoq tuproqlarda og’irligiga nisbatan 15 dan 18 foizgacha, soz tuproqlarda esa 34-38 foiz atrofidadir. Tuproqdagi suvga chidamli strukturalarning hosil bólishida tuproq kolloidlari va singdirilgan kationlarning roli katta. Gumin kislotalariga boy chirindi moddalari va gilli minerallardan montmorillonit, gidroslyudalarning ózaro ta’siridan suvga chidamli, mustahkam struktura hosil bóladi.
Strukturaning yuzaga kelishiga tuproqdagi aerasiya sharoitlari ham ta’sir etadi. Aerob sharoitda mikrobiologik jarayonlar kuchli kechadi va organik qoldiqlar tez parchalanib, gumin kislotalariga boy gumus moddalar hosil bóladi. Bunday sharoitda mikroblar plazmasi kóprok tóplanib, suvga chidamli struktura hosil bólishda ishtirok etadi. Agronomik nuqtai-nazardan mustahkam strukturalar, tuproqda hosil bóladigan suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan mineral moddalar (kalsiy karbonati, kalsiy fosfati, temir, alyuminiy oksidlari va boshqalar) ta’sirida ham róy beradi.
Strukturaning suvga chidamliligi dinamik kórsatkich bólib, ular vegetasiya davrida temperatura va namning ózgarishi tuproqning biologik aktivligi, chirindining hosil bólishi kabi sharoitlarga kóra ózgarib turadi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling