3-Mavzu: Zarar yetkazmasdan nazorat qilish turlari, standartlashtirish va metrologik ta’minoti


Montaj mexanizmlari, moslamalari va asboblari


Download 115.82 Kb.
bet3/9
Sana31.01.2024
Hajmi115.82 Kb.
#1833214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza (2)

3.2. Montaj mexanizmlari, moslamalari va asboblari.

Uskunalarni texnologik montaj qilish eng kam xarajat talab qiladigan kuch va vositalarda montaj qilishning eng rasional usullarini ta’minlovchi tegishli mexanizmlar, moslamalar va asboblarni tanlashni kо‘zda tutadi.


Montajning texnik vositalarini tanlash asoslangan bо‘lishi kerak, ularning narxlarini hisobga olish zarur. Montaj narxini barcha о‘lchovlarda kamaytirish zarurligini nazarda tutgan holda, agar zarurati bо‘lmasa, mexanizasiyaning noyob vositalaridan foydalanish shart emas.
Yuk kо‘taruvchi kranlar. Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlaridagi uskunalarni montaj qilishda turli, о‘z-о‘zidan barqaror yuk kо‘taruvchi kranlar keng qо‘llaniladi. Bu kranlar katta va turli yо‘nalishda harakatchanligi, hamda yuqori ish unumdorligi bilan xarakterlanadi. Kranlarning afzalligi shundaki, ulardan foydalanganda, qiyin tayyorgarlik ishlarini bajarishning zarurati sezilmaydi. Bularning hammasi yuk kо‘taruvchi kranlar boshqa kо‘tarish mexanizmlarini (machtalar, vint kranlari va h.) sekin-asta siqib chiqaradi.
Montaj maydonchasida asosan о‘zi yurar, strelali kranlar qо‘llaniladi. Uskunalar bazasida, shuningdek, loyihada kо‘zda tutilgan bо‘lsa, yuk kо‘tarish operasiyalari minorali, machtali, chorpoyali va kо‘prikli kranlarda, shuningdek derrik-kranlarda va kabel-kranlarda bajarilishi mumkin.
О‘rmalovchi, zanjirli kranlarning yuk kо‘tarishi 1 MN ga yetadi. Ular yaxshi harakatchanligi bilan xarakterlanadi va har qanday maydonchada yengil siljiydi. Baland bо‘lmagan uskunalarni poydevorga о‘rnatish va uskunalarni kо‘chirish uchun gusenisali traktorlar asosida tayyorlangan truba-taxlagichlar qо‘llaniladi.

3.2-rasm. Yuk kо‘taruvchi machta:
1-reshetkali machta; 2-vint; 3-kallak, bosh; 4-polispast; 5-tortuvchi tros; 6-polispast arqonining yugiruvchi tarmog‘i; 7-chetlatuvchi blok; 8-sug‘urtalovchi sim; 9-langar.

О‘zi yurar strelali kranning ruxsat etilgan yuk kо‘tarishi, uning ishchi xarakteristikasiga mos kelgan strela uzunligi va quloch kattaligi bilan aniqlanadi.


Yuk og‘irligi va moslamali strela og‘irligi yuzaga keltiradigan ag‘daruvchi moment, kranning ishlashi vaqtida shamol kuchi va tushayotgan kuchni tormozlangandagi yuzaga keladigan inersion kuch hisobiga kattalashadi.
Shuning uchun, kran og‘irligi va qarama-qarshi og‘irlik orqali yuzaga keladigan ushlab turuvchi moment, ag‘daruvchi momentdan, kamida 1,4 marta kо‘p bо‘lishi kerak. Ushlab turuvchi momentni ag‘daruvchi momentga nisbati barqarorlik zahirasi deb ataladi.

Download 115.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling