4-mavzu: Nizoli vaziyatlarda savodli xatti-harakat


O‘zaro foydali bo‘lgan qarorlar qabul qilish va nizolarni bartaraf qilish yo‘lidagi amaliy qadamlar


Download 25.53 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi25.53 Kb.
#1385957
1   2   3
Bog'liq
8HyKBLwDSySD0w88nYs6jCTsoN1FQ9M3CxoyfUBK

O‘zaro foydali bo‘lgan qarorlar qabul qilish va nizolarni bartaraf qilish yo‘lidagi amaliy qadamlar.
Nizolarni boshqarishning eng maqbul imkoniyati jarayonning boshlang‘ich ikki bosqichidadir.
Aynan o‘zaro ziddiyat va nizoli vaziyat yuzaga kelayotganini anglash davrida shaxs keyingi bosqichlarga o‘tib ketmasligi va jo‘sh urishni boshlamagan hislarning oldini olish mumkin. Nizoning bu davrida e’tiborni ziddiyat predmetiga qaratish lozim. Har qanday nizoni yuzaga keltiruvchi sabab uning predmetida joylashgan. Binobarin, nizoning rivojlanishi diqqatni predmetdan munosabatlar sohasiga o‘tkazish bilan xarakterlanadi. O‘zaro ziddiyatdan kelib chiquvchi nizo munosabatlari hissiy tug‘yonda o‘ aksini topadi. Psixologiya fanida hissiyot inson munosabatlarini aks ettirish jarayoni, deb ta’riflanishi ham bejiz emas. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib quyida nizoli vaziyatni to‘xtatishning asosiy sharti va imkoniyati sifatida nizo predmeti doirasida harakat etish zarurati ta’kidlanadai. Bunday harakatda hamma e’tibor nima sababdan nizo kelib chiqqanligi va muammoni hal etishga intilish, iloji boricha shaxsiy munosabatni oshkora etish doirasiga o‘tib ketmaslik lozim.
Diqqatni ko‘chirish. Nizoli vaziyat rivojlanayotganligini anglaganilgan zahotiyoq biron narsaga diqqatni ko‘chirish, begona ob’ektlarga e’tiborni qaratish lozim. Bunday paytda vaziyatni hazilga yo‘yish, biron bahona topib xonadan chiqib ketish va umuman, vaziyatdan diqqatni chalg‘itish lozim. Aniqlanishicha, inson nizo bosqichlari, ularning har bir xususiyati haqida garchand ko‘p bilimga ega bo‘lmasin, o‘z-o‘zini idora etish doim ham oson ish emas.
Shu munosabat bilan nizoli vaziyatni boshqarish malakasini shakllantiruvchi quyidagi osongina mashqni taklif etish mumkin. Har qanday nizoli vaziyat bo‘lib o‘tgandan so‘ng shu vaziyatning boshlanishi, rivojlanishi, har bir bosqichdan o‘tishini ko‘z oldingizdan o‘tkazing. Miyangizda xuddi kinfoilmga o‘xshash tasavvurlar yordamida bo‘lib o‘tgan jarayonni qayta tasvirlang. Nizoning qaysi qismida tetik harakat qilganingiz va qaerda jarayon rivojalanishini to‘xtatish imkoniyatim bor edi, deb o‘zingizdan so‘rang. Shundan so‘ng ushbu voqea tasvirlangan «kinofilmni» teskari holda ko‘z odingizdan o‘tkazing, ya’ni nizoning oxiridan toki boshlanish nuqtasiga qadar vaziyatni qayta tasavvur etib chiqing. Bir voqeani boshidan oxiriga va qayta tarzda jonlantirish o‘xshash vaziyatlarni nazorat eta olish iikonini yanada oshiradi, jarayonga sovuqqonlik bilan qarash, shu kabi vaziyat yana qaytalaganda uni chetdan kuzata olish malakasini yaratishda birinchi qadam bo‘lib hisoblanadi.


Download 25.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling