Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari


Download 282.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.11.2023
Hajmi282.78 Kb.
#1784880
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axborot xavfsizligi



13-mavzu 
AXBOROT TIZIMLARIDA 
AXBOROT XAVFSIZLIGI MASALALARI 
 
 
Mavzu maqsadi – axborot tizimlari tarkibida strategik resurslar – axborot 
resurslari saqlanishi sababli, shuningdek, axborot tizimlari orqali 
tayyorlanadigan va taqdim etiladigan axborotlarning qimmati hamda 
ahamiyati nuqtai nazaridan axborot tizimlarini muhofaza etish hamda 
ularda axborot xavfsizligini ta'minlash o‘ta dolzarbdir. Mavzuning 
maqsadi avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot xavfsizligi 
masalalalarini hal etishning asosiy choralari va tamoyillarini yoritib 
berish va bu bilan tinglovchilar e'tiborini xavfsizlikni tashkil etishning 
muhim jihatlariga qaratishdan iborat.
Mavzu qismlari: 
1. Axborot tizimlarini muhofaza etishda kimplekslilik va tizimlilik. 
2. Axborot tizimlarida xavfsizlikni tashkil etish choralari. 
3. Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining boshqa tamoyillari. 
4. Elektron hukumat konsepsiyasi doirasida axborot xavfsizligini ta'minlashning
huquqiy asoslari 
 
Tayanch so‘z va iboralar: xavfsizlik, axborot xavfsizligi, xavfsizlik 
tamoyillari, muhofaza algoritmi. 
 
Axborot tizimlarini muhofaza etishda kimplekslilik va tizimlilik 
 
Statistika ma'lumotlariga nazar tashlasak, turli AATga muvaffaqiyatli 
hujumlarning aksariyati tizimning ichida amalga oshirilganining guvohi 
bo‘lamiz. E'tiborsizlik yoki o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarash singari 
«inson omili»dan texnik choralar yordamida saqlanish mumkin bo‘lsa, tizim 
foydalanuvchisi yoki tizim ma'murining yovuz niyatidan bu choralar 
himoya qila olmaydi. 
Bu yerda biz AATni muhofaza qilishning asosiy tamoyili – 
komplekslilikka yaqinlashamiz. Umuman olganda, kompyuter tizimlarini 
muhofaza qilish usullari va vositalaridan kompleks foydalanish tahdidlar 
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarni to‘sadigan va ayrim 
komponentlar tutashadigan joylarda zaif bo‘g‘inlar mavjud bo‘lmagan 
yaxlit muhofaza tizimini yaratishda turli xil vositalarni kelishilgan tarzda 


____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
186 
qo‘llashni nazarda tutadi. Muhofaza bosqichma-bosqich tashkil etilishi 
lozim. Tashqi muhofaza fizik vositalar, tashkiliy, texnologik va huquqiy 
choralar yordamida ta'minlanishi zarur. 
Ba'zan qo‘shimcha ravishda tizimlilik tushunchasi qo‘llaniladi. AATda 
axborotni muhofaza qilishga nisbatan tizimli yondashuv AATda axborot 
xavfsizligini ta'minlash muammosini tushunish va yechish uchun muhim 
bo‘lgan, bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqa qiladigan va vaqt davomida 
o‘zgaradigan barcha elementlar, shartlar va omillarni hisobga olishni 
nazarda tutadi.
Muhofaza tizimini yaratishda axborotga ishlov berish tizimining barcha 
zaif joylari, shuningdek tizimga hujumlarning xususiyati, ehtimol tutilgan 
ob'ektlari va yo‘nalishlari, taqsimlangan tizimlarga kirish va axborotga 
sanksiyalanmagan kirish yo‘llari hisobga olinishi lozim. Muhofaza tizimini 
tashkil etishda axborot tizimiga ruxsatsiz kirish va undan g‘ayriqonuniy 
foydalanishning ma'lum yo‘llari bilan bir qatorda, xavfsizlikka tahdidlarni 
amalga oshirishning butunlay yangi yo‘llari paydo bo‘lishi ehtimoli ham 
inobatga olinishi kerak. 

Download 282.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling