Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari
O‘zaro aloqa va muvofiqlashtirish
Download 282.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazoratning majburiyligi
O‘zaro aloqa va muvofiqlashtirish
Axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlarini barcha manfaatdor vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlarning o‘zaro aloqasi asosida amalga oshirishni, vakolatli davlat idoralari tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ularning kuch-g‘ayratini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Nazoratning majburiyligi Axborot xavfsizligini ta'minlashning belgilangan qoidalarini buzishga urinishlarni qo‘llanilayotgan axborotni muofaza qilish tizimlari va vositalari asosida o‘z vaqtida aniqlash va to‘xtatishning majburiyligini, mazkur tizimlar va vositatalarning samaradorligi darajasini baholash mezonlari va usullarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Har qanday foydalanuvchi, har bir muhofaza vositasining ishi hamda har qanday muhofaza ob'ekti ustidan nazorat operativ nazorat va ro‘yxatga ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 195 olish vositalari yordamida amalga oshirilishi, foydalanuvchilarning ham ruxsat etilgan, ham ruxsat etilmagan harakatlarini qamrab olishi lozim. Elektron hukumat konsepsiyasi doirasida axborot xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslari Bugungi kunda ustivor dolzarblik kasb etayotgan elektron hukumat konsepsiyasi masalalari fuqarolarning davlat organlari bilan muloqotini tashkil etuvchi vertual maydonlarda amalga oshiralayotgan ekan, tabiiyki, shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi, murojaatning konfidensialligi, shaxs manfaatlari hamda axborot resurslarining ishonchli muhofazasi kabi talablar elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishida har tomonlama (dasturiy, texnik, tashkiliy va huquqiy jihatlardan) xavfsizlikni ta'minlashni taqazo etadi. Mazkur sohada axborot xavfsizligini ta'minlashning huquqiy jihatida to‘xtalsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi 250-sonli “O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda axborot xavfsizligini ta'minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida (3-band) hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida (12-modda) “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta'minlashi shart” ekani qonunan mustahkamlangan. Shuningdek, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunning mazkur moddasida “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari shaxsga doir ma'lumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlar muhofaza qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishini ta'minlash yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar ko‘radi” deyilgan. Qonunda axborot xavfsizligini ta'minlash tamoyili nuqtai nazaridan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida saqlanadigan shaxsga doir ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 196 ma'lumotlardan ular qaysi ariza beruvchiga taalluqli bo‘lsa, o‘sha ariza beruvchining roziligi bilan ularga ishlov berish, ularni uzatish va olish uchun, mustasnoli hollardan tashqari, foydalanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Axborot tizimlari va axborot resurslaridan foydalanish hamda ular vositasida xizmatlar taqdim etish jarayonida axborot xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslari milliy qonunchiligimizning “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida (19-modda), “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida, Kodekslarida (xususan, Fuqarolik kodeksining 98-moddasida), “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonunda (3- modda), “Bank siri to‘g‘risida” Qonunda (3-modda), bulardan tashqari, “Axborot olish erkinligi va prinsiplari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Avtomatlashtirilgan axborot bank tizimi to‘g‘risida”gi Qonunlarda, ramziy ma'noda “elektron qonunlar” deb atash mumkin bo‘lgan qonunlarda mustahkamlangan. Download 282.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling