Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari
Vorisiylik va takomillashtirish
Download 282.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksiyalar bo‘linishi
- Oqilona yetarlilik (iqtisodiy maqsadga muvofiqlik, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar va xarajatlarning mutanosibligi)
Vorisiylik va takomillashtirish
Tashkiliy va texnik yechimlar, kadrlar tarkibi, AAT va uni muhofaza qilish tizimi ishining tahlili asosida, axborotni egallab olish va AAT qismlariga ta'sir ko‘rsatish usullari va vositalaridagi o‘zgarishlarni, muhofaza qilishga doir normativ talablarni, bu sohada erishilgan milliy va xorijiy tajribani hisobga olgan holda muhofaza choralari va vositalarini doimiy ravishda takomillashtirishni nazarda tutadi. Funksiyalar bo‘linishi Funksiyalar bo‘linishi tamoyili tashkilotning biron-bir xodimi unga eng muhim amallarni yakka o‘zi amalga oshirishiga imkon beradigan vakolatlarga ega bo‘lmasligini talab qiladi. Bunday amallarning barchasi qismlarga ajratilishi va ularni bajarish turli xodimlarga topshirilishi lozim. Bundan tashqari, mazkur xodimlar o‘zaro til biriktirishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning javobgarligini belgilash uchun maxsus choralar ko‘rilishi kerak. Oqilona yetarlilik (iqtisodiy maqsadga muvofiqlik, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar va xarajatlarning mutanosibligi) ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 192 Axborot xavfsizligini ta'minlash uchun xarajatlar darajasining axborot resurslari qimmatiga, ular oshkor etilishi, yo‘qotilishi, chiqib ketishi, yo‘q qilib tashlanishi va buzib ko‘rsatilishidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdoriga muvofiqligini nazarda tutadi. Axborot resurslari xavfsizligini ta'minlash uchun ko‘rilayotgan choralar va qo‘llanilayotgan vositalar mazkur axborot aylanayotgan AAT ishining ergonomik ko‘rsatkichlarini jiddiy pasaytirmasligi kerak. Ortiqcha xavfsizlik choralari, iqtisodiy samarasizlikdan tashqari, xodimlar toliqishi va asabiylashishiga olib keladi. Mutlaqo o‘tib bo‘lmaydigan muhofaza tizimini yaratish mumkin emas. Toki axborot tizimda aylanayotgan ekan, ko‘rilayotgan choralar salbiy ta'sir ko‘rsatilishi ehtimolini yoki ulardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni faqat kamaytirishi mumkin. Vaqt va vositalar yetarli bo‘lgan taqdirda har qanday muhofazani yengish mumkin. Shu sababli xavfsizlikni ta'minlashning muayyan maqbul darajasini ko‘rib chiqish o‘rinli bo‘ladi. O‘ta samarali muhofaza tizimi qimmat turadi, ishda kompyuter tizimi resurslarining katta qismidan foydalanadi va foydalanuvchilarga jiddiy qo‘shimcha noqulayliklar yaratishi mumkin. Xarajatlar, xavf-xatarlar va ko‘rilishi mumkin zarar miqdori maqbul darajada bo‘lgan muhofaza tizimini to‘g‘ri tanlash muhimdir (xavf-xatarlarni tahlil qilish vazifasi). Download 282.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling