____________________________________________________________________________________________________________________________________________________
194
Ilmiy asoslanganlik va texnik
jihatdan amalga oshirish mumkinligi
Axborot texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalar,
axborotni
muhofaza qilish vositalari va choralari fan va texnika taraqqiyotining
hozirgi darajasiga mos ravishda yaratilgan,
axborot xavfsizligining
belgilangan darajasiga erishish nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan bo‘lishi,
axborot xavfsizligi borasidagi belgilangan me'yorlar va talablarga mos
kelishi lozim.
Ixtisoslashuv va professionalizm
Axborotni muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish va muhofaza
choralarini amalga oshirishga axborot resurslari xavfsizligini ta'minlash
borasidagi faoliyatga ayniqsa puxta tayyorgarlik ko‘rgan,
amaliy ish
tajribasiga va bu sohada xizmatlar ko‘rsatish huquqini beradigan davlat
litsenziyalariga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilishni
nazarda tutadi. Ma'muriy choralarni ko‘rish
va muhofaza vositalaridan
foydalanish kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlar (axborot xavfsizligini
ta'minlash bo‘linmalarining mutaxassislari) tomonidan amalga oshirilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: